Samigʻ Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Samig‘ Fayzullovich Abdullayev (1917.25.10 – Toshkent -1998.10.5) -ras-som. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1975). Toshkent badiiy bilim yurti (1933 – 38) va Toshkent san’at instituti (1954 – 60)da ta’lim olgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Taman va Kerch ya. o.larida ko‘rsatgan jaso-rati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944). O‘zbekiston Rassomlar uyush-masi boshqaruvi raisi (1945 – 55), O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direk-tori (1956 – 88). A. ijodi rang-barang va sermazmun, asarlarida tabiat, inson go‘zalligi, ayniqsa zamondoshlari, urush qahramonlari, mehnatkash xalq o‘z aksi-ni topgan. Portretlar ("Avtoportret", 1945; "Rezida", 1954; "General-leyte-nant F. Norxo‘jayev", 1977; "B. Boboyev", 1985 va b.), manzaralar ("Kolxoz manza-rasi", 1953; "Chirchiq vodiysida", 1977; "Bahor", "Dengiz bo‘yida", 1979), na-tyurmortlar ("Gullar", 1966; "Toshkent mevalari", 1981; "Natyurmort", 1985 va b.) yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil