Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Mamlakatimizda ilk bor 1927-yilning 11-fevralida Samarqand shashrida Oʻzbekiston radiosi oʻz ishini boshlagan. Ana shu sanani Samarqand radiosi faoliyati boshlangan kun sifatida ham eʼtirof etish mumkin. 1927-yilning 9-noyabridan esa radio eshittirishlar dastur asosida muntazam efirga uzatila boshlangan.

Samarqand respublikamiz poytaxti boʻlgan davrda (1924-1930 y) shahar markazidagi Amir Temur (eski nomi Zavodskaya) koʻchasida radio xodimlari faoliyat koʻrsatishib, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi voqealar, yangiliklarni yoritib borishgan.

Oʻtgan asrning 40 yillari oxiri, 50 yillarning boshida viloyat radioeshittirishlar qoʻmitasiga ilk bor MAK-8 rusumli magnitafonlar olib kelindi.

Vazni qariyb 70 kilogrammli bu magnitafonlar yangi kanal ochish va eshittirishlar sifatini yaxshilash, xabar va yangiliklarni radiotinglovchilarga sifatli yetkazishga imkon yaratdi. 1958 yildan Samarqand viloyat radiosi eshittirishlarini ilk bor sim orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xavo mavjlariga uzatish yo‘lga qoʻyildi.

1956 yil oxirida Toshkentda televizion markazning ishga tushirilishi Respublika madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1957 yilda Toshkent-Samarqand orasida radioreley aloqasi oʻrnatildi. Bu esa Toshkentdagi televizion markazdan Samarqand uchun ham radioeshittirishlarini olib berish imkoniyatini yaratdi.

Ijodiy jamoa tomonidan 1989 yili ilk bor koʻrsatuvlar tayyorlashga urinishlar boʻldi va oʻsha davrda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotiga oid koʻrsatuvlar Choʻponota radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni efirga uzatish markazidan oddiy videomagnitafonlar orqali

teletomoshabinlar xukmiga xavola etildi. 1991 yilda montaj va efirga uzatish apparatlari keltirilgach, 6 iyundan viloyat televideniesi xar xafta dushanba, chorshanba va juma kunlari xaftasiga 3 soatlik koʻrsatuv tayyorlab, efirga uzata boshladi.

Koʻrsatuvlar Rossiyada ishlab chiqarilgan KADR-IOZ SS va Elektronika-VM-12 markali videomagnitafon, MEZ-109 audiomagnitafoni, “Panasonik" "SONY-E-70" rusumli videokamera, Sinxronezator STS-4 markali apparaturalar yordamida tayyorlangan.

Bugungi kunda viloyat teleradiokompaniyasida televidenie, radio, FM 105,2 radiokanali, reklama-tijorat departamenti va texnik bilimlar faoliyat olib borayapti. (tashkiliy tuzilma ilova qilinadi).

Xozirgi vaqtda viloyat televideniesi xaftada 7 soat (xaftaning payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari) UzTV-2 telekanali orqali ijtimoiy-iqtisodiy va maʼrifiy-madaniy mavzularda turli xil koʻrsatuvlar namoyish etadi.

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 28-desimetrli kanali koʻrsatuvlari xar kuni soat 19.00 dan boshlab toʻrt yarim soat efirga uzatiladi.

Unda turli xil maʼrifiy-madaniy, koʻngilochar dasturlar, konsertlar, videofilm va teleseriallar oʻrin olgan.

Viloyat radiosi orqali xar kuni 1 soatu 30 daqiqalik eshittirishlar efirga uzatiladi. Eshittirishlar oʻzbek, rus va tojik tillarida tayyorlanadi.

Taxririyatda 24 nafar ijodiy va texnik xodim xizmat qiladi. Eshittirishlar xar kuni soat 1500 dan 1630 gacha xavo mavjlariga uzatiladi.

Viloyat radiosi eshittirishlari AM (MU)-1539 kgs xamda ChM (UKV) 4,45 metrli toʻlqinlar orqali beriladi.

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi FM 105,2 "Jahon" radiokanali 2003 yilning 21-martida tashkil etilgan.

Radioeshittirishlar xar kuni ertalab soat 7.00 dan kech soat 21.00 ga qadar efirga uzatiladi. Eshittirishlar muxarririyat tomonidan ishlab chiqilgan xaftalik dastur asosida tayyorlanadi.

Eshittirishlar asosan yangiliklar va kingilochar dasturlardan iborat bilib, turli yozma manbalar, tinglovchilar maktublari asosida tayyorlanadi.

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi reklama-tijorat departamenti kompaniya moddiy bazasini mustaxkamlash, turli reklama roliklari tayyorlash, korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlari bilan shugʻullanadi.

Texnik boʻlim xodimlari esa koʻrsatuv va eshittirishlarni texnik sifatini yaxshilash, tasvirga olish, montaj qilish va efirga uzatish ishlarini amalga oshiradi.

Kompaniyada hozirda 2 ta telestudiya, 2 ta radiostudiya mavjud. Telestudiyada Germaniyada ishlab chiqarilgan("BFE" firmasi) zamonaviy teleuskunalari, "Panasonik" videomagnitafonlari, "LG", "Samsung", "JVC", "Goldstar" televizorlari, "VIDEONIKS" videomiksheri va titrovolkalari, " SONY MDS-GE330" minidiski, EVRORAK VB-1604 , GRAND 256 DSP audiomiksherlari oʻrnatilgan. Radiostudiyada esa eng soʻnggi rusumdagi uchta kompyuter, uchta minidisk, ikkita boshqaruv pulti, ikkita mikrafon, bitta eshitish moslamasi mavjud.

Televidenie koʻrsatuvlarining qamrovi 150–160 km radiusni tashkil etib qoʻshni Tojikiston Respublikasining Panjakent tumani aholisi ham teledasturlarimizni tomosha qilish imkoniyatiga ega va ular bu koʻrsatuvlar tugʻrisida bizga turli xat-xabarlar yillab turishadi.

Shundan kelib chiqqan xolda tojik tilidagi koʻrsatuvlarining baʼzi sonlarida Panjakent tumani, uning aholisi haqida ham hikoya qilinadi. Shuningdek, ikki yildirki viloyat televideniesi Afgʻonistonning Juzjon viloyati "Oyna" televideniesi bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Hamkorlik aloqalari amaliy ishlar bilan davom ettirilmoqda. Viloyat televideniesi orqali Afgʻonistonning shimoliy xududlariga oid bir nechta turkum koʻrsatuvlar efirga berildi.