Samarqand darvozalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqand darvozalari - Samarqand shahridagi tarixiy darvozalar. Samarqand oʻrta asr shahar qurilishi anʼanalari asosida bunyod etilgan. Hozirgi Samarqand sh. oʻrnida (qad. Samarqand — Afrosiyob yodgorligi moʻgʻullar tomonidan vayron etilmasdan ancha oldin) 10-asrdayoq turli kasbdagi aholi yashaydigan mahallalar mavjud boʻlgan. 11-asrda bu mahallalar bir nechta darvozalari boʻlgan devor bilan oʻralgan. Arab sayyohi Ibn Bammyma oʻz asarida Samarqandni Oʻrta Osiyodagi eng katta, goʻzal va obod shaharlardan biri sifatida taʼriflagan. Moʻgʻullar ucmwrocu natijasida vayron qilingan shahar (qarang Samarqand mudofaasi) Amir Temur tomonidan tiklangan. Mudofaa devorining koʻrinishi joyning mikrorelyefidan kelib chiqkan holda egribugri chiziq koʻrinishida boʻlib, bu devorlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Boburnmit maʼlumotiga koʻra, uning ustida otliq bemalol yurolgan. Shahar 2 qism: gʻarb tomonda joylashgan ark va hisordan iborat boʻlgan. Umumiy maydoni taxminan 4,1 km² boʻlgan. Shahar arkida 2 darvoza boʻlib, asosiy darvoza sharq tomonda boʻlgan. Keyinchalik u Oq darvoza nomi bilan atalgan. 2darvoza jan. tomonda boʻlgan.

Shaharning 6 ta darvozasi boʻlib, 1darvoza — Shimoliy tomonda joylashgan Namozgoh deb atalib bu darvoza 15-asrda Shayxzoda deb ham nomlangan. Undan Koʻyi Malik (Shoh yoʻl) degan yoʻl oʻtgan boʻlib Buxoroga ketilgan. 2darvoza Bob ulHadid deb atalib, u 15-asrda Ohanin yoki Temir darvoza deb atalgan. Undan Qusam ibn Abbos mozori tomon yoʻl utgan. Shuning uchun shu nom bilan ham atalgan. Yana Qarshi darvozasi nomi bilan ham yuritilgan. Sharq tomondagi 3darvoza Mashhad deb nomlangan boʻlib, temuriylarga mansub boʻlgan aslzodalardan Feruz shoh nomi bilan Feruz darvozasi deb atalgan. Janubiy tomonda 4—5darvozalar joylashgan. 4darvoza igna yasovchilar (suzangaron) mahallasi nomi bilan Suzangaron deb atalgan. 5darvoza esa avval Korizgoh, keyinchalik esa Xoja Ahror nomi bilan atalgan. 6darvoza gʻarbiy devorda arkdan jan.rokda joylashgan bulib Chorsu darvozasi deb, keyinchalik Chorraxa deb atalgan.

Shahar darvozalari badiiy jihatdan zamon ruhiga mos tarzda ulugʻvor koʻrinishda qurilgan bulib, peshtoqlarining 2 tarafida mustahkam minoralar boʻlgan, devorlari esa turli ranglarda tovlanuvchi hashamdor koplamalar bilan bezatilgan. Darvozalar orkali ilon izi koʻrinishida yoʻnalgan va shu darvozalar nomi bilan atalgan yoʻllar shahar markazida joylashgan bozorga olib borgan. Bu yoʻllarni kengaytirish va toʻgʻri chiziq koʻrinishida Kayta taʼmirlash maksadida Amir Temurning 1404-yilbergan buyrugʻi natijasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, lekin shu yili kish qattik sovuq boʻlib, qalin yoqkan kor va Amir Temurning bevaqt vafoti natijasida qurilish toʻxtab qolgan.

Garchi 15-asrlarga kelib, shahar asl holatini yoʻkotsada, Abu Sayd va uning oʻgʻli Sulton Ahmad davrida kurilish davom etdi. Ohanin darvozasidan Registon tomonga va undan Chorsu darvozasi tomon ravon yoʻllar, atroflarida sotuv rastalari kad. koʻtargan. 17-asrga kelib yangi qurilishlar, taʼmirlash ishlari sustrok boʻlsa ham yana davom etadi. 18-asrning 20y.larida shahar inqirozga uchrab uzoq vaqt boʻshab qoldi. Shahardagi meʼmoriy yodgorliklar, jumladan, darvozalar ham harobaga aylandi. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi natijasida Samarqandning jan.gʻarbiy qismida rus shaharsozligi anʼanalari asosida qurilishlar boshlandi. Kds. bino va inshoatning kupi buzilib ketdi, shu jumladan, darvozalar ham butunlay yoʻq qilindi.

Oʻtkir Alimov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil