Samarqand - Ashxobod Turkmanboshi avtomagistrali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqand - ASHXOBOD TURKMANBOSHI AVTOMAGISTRALI (m³7) — xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yoʻli. Umumiy uz. 1581 km. Yoʻl Samarqand shahridan boshlanib, Buxoro— Turkmanobod (Chorjoʻy) — Mari orkali Kaspiy dengizi qirgogʻida Turkmanboshi portida tugaydi. Yoʻlning Oʻzbekiston hududidagi uz. 365 km, shundan 283 km I toifali, 82 km II toifalidir. Yoʻlning 62 km sementbeton, qolgan qismi asfaltbeton qoplamali. Yoʻldagi kunlik transport harakati jadalligi 13438 avtomobil/ kunni tashkil kiladi (2003). Yoʻlning oʻtmish tarixi 1928-yillardan boshlanadi. Dastlab shagʻaltosh qoplamali boʻlib, Samarqand— Navoiy—Buxoro viloyatlarini oʻzaro bogʻlovchi asosiy yoʻl boʻlgan. 1950—63 yillarda yoʻl qattiq qora qoplamali kdlib qayta qurilgan (k. Zarafshon trakti). Keyinchalik sobiq Ittifok davrida yoʻl qoʻshni Turkmanistonning Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) port shahrigacha davom etdirilib, m³7 xalqaro avtomagistrali deb qayta nomlangan. Hozir bu avtomagistral Yevropa Ittifoqining Kale sh. (Fransiya)dan boshlanib Belgiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekistan, Kirgʻiziston orqali oʻtib, qoʻshni Qozogʻistonning Olmaota shahrida tugaydigan katta YE40 xalqaro avtomagistralining respublikamiz hududidan Buxoro—Navoiy—Samarqand orqali oʻtuvchi qismiga kiradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Strelsov I. V., Semenov L. I., Opit stroitelstva avtomobilnix dorog v Oʻzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil