Salohiddin toshkandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Salohiddin toshkandiy, Mullo Salohiddin ibn Mullo Alouddin xoja (19-asrning 2-yarmi — Toshkent — 20-asr boshlari) — adib. Hayotiga oid maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. "Temurnoma" (1908) badiiy asarigina yetib kelgan. S.T. "Temurnoma"ni yaratishda koʻpgina tarixiy, badiiy va liniy asarlardan foydalangan. Asar anʼanaviy hamddan boshlangan. Soʻng Movarounnaqrda hukm surgan sulolalar tilga olingan. Asosiy qism 47 dostondan iborat. Amir Temurning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni moʻgʻullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qoʻshin tortishlar, Boyazid Yildirim bilan boʻlgan janglar, ular bilan bogʻliq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan. Muallif Amir Temurga bemisl hurmat bilan yondashib, badiiy jonlantirgan. Kitobda islom va uning vakillariga ham keng oʻrin bergan. Movarounnaxrda moʻgʻullar istibdodi yillarida ham islom siyosatiga, bosqinchilar feʼlatvoriga taʼsir oʻtkazib turganini taʼkidlagan. Unda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar nomi tilga olingan. Kamol Xoʻjandiy, Sayd Ahmad, Abdulla Zotifiy, Ismat Buxoriy kabi shoirlar hamda oʻz sheʼrlaridan 1030 misra sheʼr berilgan. Asar jahongir shoh hayoti misolida kishilarni mehroqibatli boʻlishga, oʻtmishda yuz bergan qirgʻinlardan saqlanishga, tinchlikning kadriga yetishga daʼvat etadi.

Manbalar[tahrir]

  • Temurnoma, T., 1990.