Kontent qismiga oʻtish

Salohiddin Asamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salohiddin Asamov
 Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1971-yil 24-fevral – 1974-yil
Oʻtmishdoshi Erkin Shayxov
Vorisi Poʻlat Yusupov
Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1961-yil – 1962-yil
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Manap Gʻulomov
Vorisi Roʻzmet Gaipov
 Samarqand viloyat qishloq ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1962-yil dekabr – 1964-yil aprel
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan, Olim Azimov ( Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida
Vorisi lavozim bekor qilingan, Asadilla Xoʻjayev ( Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1930-yil
Vafoti 1997-yil
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Moskva veterinariya akademiyasi
Kasbi zootexnik
Mukofotlari

Salohiddin Asamov (1930—1997, Oʻzbekiston) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1956-yildan KPSS (b) aʼzosi. „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Mehnat faoliyatini 1955-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda boshlagan. 1955—1988-yillarda sovxoz chorvachilik boʻyicha bosh mutaxassis, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Keyinchalik fermer xoʻjaligi va sovxoz boʻlimi raisi, Samarqand QVP ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi 1-kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻib qilish va joriy etish boshqarmasi boshligʻi, Qorakoʻlchilik Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi boʻlib ishlgan. SSSR Oliy Kengashining VII-chaqiriq deputati etib saylangan[1]. Salohiddin Asamov bir necha yillik samarali faoliyati uchun 1971-yil Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi[2].

  1. „Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898 - 1991“.
  2. 2,0 2,1 ГА РФ Р7523 105 152 «Указы Президиума Верховного Совета СССР, принятые с 26 по 27 августа 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 14/ с № 2075-VIII по № 2078-VIII. Том 7»