Salmon ibn Robiʼa
Salmon ibn Robiʼa al-Bahiliy
| |
|---|---|
| Asl ism | arabcha: سلمان بن ربيعة الباهلي
|
| Vafoti | 650 |
| Aloqalar | Abdurahmon ibn Robiʼa |
Salmon ibn Rabi’a al-Bahiliy (arabcha: سلمان بن ربيعة الباهلي; 650-yilda vafot etgan) – xalifa Usmon ibn Affon davrida milodiy 633–644 yillarda Armanistonning harbiy noibi. Shimoliy Kavkaz togʻlari va xazar yerlarini bosib olishga urinish harakatlariga rahbarlik qilgan Abdurahmon ibn Robi’aning ukasi.
Xalifa Usmon davrida musulmon qoʻshinlari ilk bor Armanistonga yoʻl olgan. Bu yurishlar Suriyadan boshlanib, Habib ibn Maslama al-Fihriy boshchiligida amalga oshirilgan. Ular Armanistonning bir qancha hududlarini zabt etgan, biroq Armaniston himoyasiga qoʻshilgan koʻplab Vizantiya askarlari ularga qarshilik koʻrsatgan. Habib xalifa Usmondan yordam soʻragan va u Kufa (Iroq)dan 6 ming kishilik qoʻshin bilan Salmon ibn Robi’ani yuborgan.
Habib va Salmon oʻrtasida nizolar kelib chiqqan. Shunda Usmon ularga xat yozib, muammoni hal qilgan va qoʻmondonlik Salmon zimmasiga yuklangan. Salmon Armaniston hokimi etib tayinlangan. Soʻngra Armanistonning ichki hududlariga, hattoki Xazaristongacha kirib borgan. U 10 ming kishilik qoʻshini bilan koʻplab yurishlarni amalga oshirgan va gʻalabalarga erishgan. Biroq 300 ming kishilik Xazar qoʻshini bilan boʻlgan shiddatli jangda oʻzi ham, barcha askarlari ham halok boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Biography of Uthman ibn 'Affan, pg 348-349, by Dr. Ali Muhammad as-Sallabi