Ravilya Salimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Salimova Ravilya Nadjimovnadan yoʻnaltirildi)
Ravilya Salimova
Tavalludi 8-sentyabr 1941-yil
Vafoti 3-iyul 2019-yil(2019-07-03)
(77 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR
Mukofotlari

Ravilya Najipovna Prokopenko (Qizlik familyasi Salimova) (1941-yil 8-sentyabr, Shoʻrchi, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 3-iyul, Toshkent) — sovet basketbolchisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964). 2 karra jahon chempioni, 4 karra Yevropa chempioni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravilya Salimova Sho‘rchi shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi frontga ketgan, u yerda yarador boʻlgan va Tbilisida davolanib ortga qaytayotgan vaqtida vafot etgan, onasi ikki qizni yolgʻiz tarbiyalagan. Ravilyaning bolaligi oʻz qishlogʻida oʻtgan, u yerda maktabga borgan tengdoshlari bilan paxta tergan, onasiga koʻmaklashgan. Ravilyaning boʻyi baland boʻlgan. Uning oʻzidan besh-olti yosh katta boʻlgan sportchi tanishlaridan biri Yuriy Mineyev, Ravilyaga Toshkentga basketbol murabbiyi Leonid Velichkodan dars olgani borishni taklif qilgan. 1958-yilda 16 yoshida Salimova Toshkentga borgan va Velichko tomonidan darhol sport maktab-internatiga olingan. Bir necha mashgʻulotlardan soʻng u „Textilmash“ jamoasi bilan Tbilisiga „A“ toifasiga chiqish uchun turnirga borgan va bir necha yil oʻtgach, u jahon va Yevropa chempioni, shuningdek, SSSR basketbol tarixidagi birinchi ikki metrlik markaziy himoyachiga aylangan. Milliy terma jamoadagi debyuti 1962-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida boʻlib oʻtgan va Salimova har bir oʻyinda oʻrtacha 7,7 ochko toʻplagan. U toʻrt karra Yevropa chempioni (1962, 1964, 1966, 1968) boʻlgan. Prokopenko jahon chempionatida SSSR terma jamoasiga eng katta hissa qoʻshganlardan biri hisoblanadi. U jamoaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan: 1964-yil — 13,1 ball, 1967-yil — 16,3 ball. Klub miqyosida u faqat Toshkentning „Mexnat“ va „SKIF“ jamoalarida oʻynagan. Faoliyatini tugatgandan soʻng Oʻzbekiston SSR sport qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan, oʻz nomidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabini boshqargan. 2006-yilda „Sport-Ekspress“ gazetasi SSSR basketbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachini aniqlash uchun oʻquvchilar va mutaxassislar oʻrtasida soʻrov oʻtkazgan. Gazeta oʻquvchilari Ravilyani 8-oʻringa qoʻyishgan. Ravilya soʻrovnomada 22 ta ovoz toʻplagan)[3]. U turmushga chiqqan, qizi — Angela (Oʻzbekiston basketbol terma jamoasida oʻynagan) va oʻgʻli — Igor, kuyovi — qilichboz Valeriy Zaxarevich. 2019-yil 3-iyul kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Basketbol. Spravochnik // Z. A. Genkin i Ye. R. Yaxontov. — M.: Izd. FiS, 1983. — s. 115.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „БАСКЕТБОЛ ЛУЧШИЕ ИГРОКИ ВЕКА ЦЕНТРОВЫЕ“ (ru). «Спорт-Экспресс» (2006-yil 28-noyabr). 2015-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  4. „Скончалась легенда узбекского баскетбола“. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.