Salehard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Salehard (1933 yilgacha Obdorsk) -shahar, RF Tyumen viloyati Yamal Nenetslari muxtor okrugi markazi. Poluy daryosi Ob daryosiga quyiladigan joydagi dare porti, Shim. kutbiy doira yaqinida. Obning qaramaqarshi sohilida Labitnangi temir yoʻl stansiyasi bor. Aholisi 30,5 ming kishi (1998). Baliq konserva, sut zavodlari, uysozlik k-ti mavjud. Kurilish detallari ishlab chiqariladi. Yogʻoch ortishtushirish bazasi, zooveterinariya texnikumi, tibbiyot va ped. bilim yurtlari, madaniyatmaʼrifat bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Shaharga 1595 yilda asos solingan. S.ning avvalgi nomi Obdorsk — Ob daryosi va komi tilida "dor" — yoni soʻzlaridan kelib chiqqan; lekin, nenetslar shaharni azaldan "Salehard", yaʼni, suv yoqasidagi manzilgoh deb atab keladilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil