Sakina bint Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sakina bint Husayn
arabcha: سكينة بِنْت ٱلْحُسَيْن
Tavalludi between 47 AH and 51 AH (between 667 CE and 671 CE)
Medina
Vafoti 5th Rabi' al-Awwal,117 AH (or 735 CE)[1]
Medina, Al-Baqi Cemetery yoki Damascus, Bab al-Saghir Cemetery
Turmush oʻrtogʻi Abu Bakr Abdullah al-Akbar bin al-Hassan bin Ali bin Abi Talib
Otasi Husayn ibn Ali
Onasi Rubab bint Imra al-Qais

Sakina bint Husayn asl ismi Amina boʻlib, (arabcha: سكينة بِنْت ٱلْحُسَيْن) hijriy 47-51-yillar yaʼni 667-671-yillar orasida tug‘ilganlar, 117 hijriy yaʼni 735-yil rabi’ul-avval oyining 5-kunida vafot etgan) Husayn ibn Ali va Rubob binti Imro al-Qaysning qizi edi, hijriy yillar bilan hozirgi yillar orasida tafovut mavjud.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ism va unvon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakina, Sukayna yoki Sukaina (arabcha: سكينة) arabcha ayol ismi boʻlib, „xotirjamlik, sokinlik, osudalik va tinchlik“ degan maʼnoni anglatadi. Turli manbalarda uning asl ismi Amina (arabcha: آمنة) yoki Umayma (arabcha: اُمَیمه)[2]. Sakina — bu unvon unga onasi tomonidan berilgan, chunki u juda xotirjam va sokin edi[3].

Tugʻilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbalarda Aminaning aniq tug‘ilgan yili haqida maʼlumotlar yo‘q ekan. Amina Karbala jangida o‘n-o‘n to‘rt yoshli qiz boʻlgan edi. Hijriy 47-51-yillar orasida tugʻilgan boʻlsa kerak deya taxmin qilingan[4][5].

Nasabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakina Husayn ibn Alining (islom payg‘ambari Muhammad(s.a.v) va Alining qizi Fotimaning o‘g‘li, birinchi shia imomi va sunniy masxabining islomdagi „to‘g‘ri yo‘ldagi“ (rashidun) xalifaning to‘rtinchisi boʻlgan[6]) qizi edi. Uning otasi Karbalo jangida Yazid I tomonidan oʻldirilgan uchinchi shia imomi boʻlgan[7]. Onasi Rubob binti Imro al-Qays edi. Uning akalari Ali ibn Husayn Zayn al-Obidin, Ali al-Akbar ibn Husayn va Ali al-Asgʻar ibn Husayn va uning opa-singillari Fotima al-Sugʻro va Ruqayya edilar[8].

Karbalo jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Husayn ibn Alining Kufa ahli taklifi bilan Makkadan Iroqning Kufaga safari va Karbalo jangida bo‘lganida Aminaning karvonda bo‘lgani haqida ko‘plab rivoyatlar ham mavjud[9]. Tarixiy manbalarda Sakinadan Ashuro va Karbalo jangi, jumladan, Ali Akbar qachon o‘ldirilgani va Ashuro kechasi haqida ko‘plab xabar va iqtiboslar keltirilgan. Ibn Shahr Ashub „Manoqib Ale Abu Tolib“ kitobida rivoyat qiladi: Husayn oʻz oilasi bilan oxirgi vidolashuvida unga sabr qilishni tavsiya qilgan[10][11]. Koʻpgina maqotillar va al-Muhabbar kabi boshqa koʻplab tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Sakina Imom al-Hasanning oʻgʻillaridan biri, yaʼni Abdulloh al-Akbar ibn al-Hasson (Abu Bakr bin al-Hassan) bilan turmush qurgan. Ammo Abdullohning Karbaloda shahid boʻlganligi sababli nikoh hech qachon tugamagan.

Asirligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kufa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbalo jangidan keyin Umar ibn Saʼd qoʻshini Husaynning oilasini asirga oldi va asirlar orasida Aminaning ham nomi tilga olindi, u Islom paygʻambari Muhammadning oila aʼzolari bilan birga Kufaga, soʻngra oʻliklarning boshlari asir sifatida Damashqqa olib ketildi. Sayid Ibn Tavusning Lohufdagi yozishicha, Muharram oyining 11-kuni (milodiy 680-yil 14-oktabr) Ashuro kunidan keyin Umar ibn Saʼd qo‘shini asirlar karvonini jang maydoni tomonga majburlab, jasadlari yonidan oʻliklarni o‘tkazib yuborgan[12]. Asirlar Kufa ko‘chalari va bozorlaridan o‘tgandan so‘ng, askarlar Ubayd Alloh ibn Ziyadning saroyiga kirishdi. Al-Shayhk al-Mufid „Kitob al- irshad“da asirlarning Kufaga yetib kelish sanasini 12-muharram (yaʼni milodiy 680-yil 15-oktabr kuniga toʻgʻri kelgan) kuni rivoyat qilgan[13][14].

Hikoya va tarixiy hisobotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbalo jangidan so‘ng uni Islom payg‘ambari Muhammad (s.a.v) alayhissalom oilasining boshqa aʼzolari bilan birga Kufa va Damashqqa olib ketishdi[15]va asir sifatida Yazid qoʻshinlari o‘liklarning boshlarini nayzaga ko‘tarib koʻrsatishgan, otlarning bo‘yniga osib qo‘yishdi[16]. Qadimdan manbalarga koʻra boshni tanidan judo qilish kabi oʻlim jazolari odamlarga oʻrnak boʻlish uchun koʻrsatilgan va qatl qilishgan, bunday holatlar tarixdan bizga maʼlum. Sayid Ibn Tavus „Lohuf“da rivoyat qilganidek, Muharram oyining 11-kuni, Ashuro voqeasidan keyin Umar ibn Saʼd qo‘shini asirlar karvonini jang maydoni tomon majburlab, o‘liklarning jasadlari yonidan o‘tkazib yuborgan. Husaynning oilasi oʻlganlarning jasadlari bilan xayrlashayotganda Sakina otasining boshsiz jasadini quchoqladi, lekin Umar ibn Saʼdning askarlari uni otasidan majburan ajratib, boshqa asirlarga sudrab olib ketishdi[17]. Manbalarda keltirilishicha, asirlarni Kufa koʻchalari va bozorlaridan oʻtkazib, boshi yalang tuyalarga minib, qoʻl va boʻyniga arqon bogʻlagan askarlar Ubayd Alloh ibn Ziyodning saroyiga kirib kelishgan[18][19][20].

Damashq[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Baladhuriy „Aslzodalar nasl-nasabi“ asarida asirlarni Shimr tomonidan yalang boshli tuyalarda Kufadan Levantga olib kelinganini xabar qilgan[21][22]. Karvonning Kufadan Damashqqa boradigan aniq yoʻli nomaʼlum, ammo Husayn bilan bogʻliq boʻlgan oʻsha mintaqadagi joylar hisobga olinsa, Damashqqa boradigan yoʻl aniqlanadi. 1 safarda (milodiy 680-yil 3-noyabr) asirlar oʻliklarning boshlari bilan Bob Tuma yoki Bob al-Saat orqali Damashqqa kirdilar[23]. Aksariyat tarixchilar esa asirlarni Damashqda 3 dan 7 kungacha boʻlganliklarini xabar qilishgan.

Hikoya va tarixiy hisobotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Baladhuriy „Aslzodalar nasl-nasabi“ asarida asirlarni Shimr tomonidan yalang boshli tuyalarda Kufadan Levantga olib kelinganini xabar qilgan[22]. Kufadan Damashqqa boradigan karvonning aniq yoʻli nomaʼlum, ammo Husayn bilan bogʻliq boʻlgan joylarni hisobga olsak, bu mintaqadagi Al-Nuqta masjidi, Mosuldagi Maqom Ra Husayn (Husayn boshligʻi ziyoratgohi) va boshqalar kiradi. Damashqqa boradigan yoʻl aniqlandi. 1 safarda (milodiy 680-yil 3-noyabr) asirlar oʻliklarning boshlari bilan Bob Tuma yoki Bob as-Saat orqali Damashqqa kirishdi, bir paytda shahar bezatilgan va odamlar tomosha qilish uchun kelishdi[24]. Ular Umaviylar masjidiga olib ketilgan, shundan soʻng askarlar asirlarni bir-biriga arqon bogʻlangan holda Yazid saroyiga olib kelishgan. Rivoyatlarda aytilishicha, asirlar koʻz oʻngida Yazid Husaynning boshini oltin idishga solib, hassa bilan urgan. At-Tabariy kabi tarixchilar asirlar Damashqda 3 dan 7 kungacha boʻlganliklarini xabar qilishgan[25]. Tavus buni bir oy deb aytdi, lekin u hadisni sahih deb hisoblamadi. [26] Ibn Bobovayh „Al-Amoliy“da (Shaykh Saduqdan)[27]va Muhammad-Baqir Majlesi „Bihorul -anvor“da Shom ahlining so‘zlariga javoban rivoyat qiladilarki, biz ulardan yaxshiroq asirlarni ko‘rmadik, Paygʻambarning oilasidan Sakina biz asirmiz, dedi[28].

Madinaga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakina asirlar karvonining boshqa aʼzolari bilan Karbalodan o‘tib Madinaga qaytib keladi. Uning Madinada vafotigacha boʻlgan hayoti haqida koʻp ishonchli xabarlar esa mavjud emas[29].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchilar orasida Aminaning qanday vafot etgani va uning dafn etilgan joyi haqida turlicha fikrlari mavjud. Ko‘pchilik manbalarga ko‘ra, uning vafot etgan sanasi 117-yilning 5-Rabiul-avvalida (735-yil 4-aprel) Madinada qayd etilgan deyishgan[30][31]. U Al-Baqi qabristoniga dafn qilindi. Damashqdagi Bob as-Sag‘ir qabristonida Sakinaga mansub qabr bor. Shuningdek, Misrning Qohira shahridagi boshqa bir qabr[32]va Falastinning Tiberiya shahridagi qabr ham Sakinaga tegishli.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „3“,Nafasul Mahmoom. Qum: Ansariyan Publications, 2005 — 388–389 bet. 
  2. Abu al-Faraj al-Isfahani, d. Kitab al-Aghani. Routledge, 2003. ISBN 9781607246985. 
  3. Ibn Khallikan. Ibn Khallikan's Wafayat Al-A'Yan Wa Anba Abna' Al-Zaman: A Biographical Dictionary. Kitab Bhavan (January 1, 1996). ISBN 978-8171511709. 
  4. Ibn al-Athir. The Complete History. Kitab Bhavan (January 1, 1996) — 94 bet. 
  5. Abu al-Faraj al-Isfahani. Maqatil al-talibiyyin — 192 bet. 
  6. „Husayn ibn Ali“. Encyclopædia Britannica. — „Al-Ḥusayn ibn ʿAlī, (born January 626, Medina, Arabia [now in Saudi Arabia]—died October 10, 680, Karbalāʾ, Iraq), hero in Shiʿi Islam, grandson of the Prophet Muhammad through his daughter Fāṭima and son-in-law ʿAlī (the first Imam of the Shi'a and the fourth of the Sunni Rashidun caliphs).“.
  7. "Husaian (as) Imam". Encyclopaedia Islamica. Center for the Great Islamic. 2013. 664–715 b. ISBN 9786006326191. 
  8. „The Role of Women in Karbala“. Alimoula110.com. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  9. Madelung, Wilferd (2004). "Ḥosayn b. ʿAli i. Life and Significance in Shiʿism". in Yarshater. Encyclopædia Iranica. XII. New York: Bibliotheca Persica Press. 493–498 b. https://iranicaonline.org/articles/hosayn-b-ali-i. 
  10. Ibn Shahrashub. Manaqib Ale Abi Talib — 109-110 bet. 
  11. Sayyed Ibn Tawus. Lohoof (Sighs of sorrow) by Sayyid Ibn Tawus (2015-11-18). World Islamic Network (1 January 2019) — 134 bet. ISBN 9781546571322. 
  12. Sayyed Ibn Tawus. Lohoof (Sighs of sorrow) by Sayyid Ibn Tawus (2015-11-18). World Islamic Network (1 January 2019) — 134 bet. ISBN 9781546571322. 
  13. Al-Tabari. History of the Prophets and Kings. SUNY Press (July 7, 2015) — 455-456 bet. ISBN 978-0791472521. 
  14. al-Shaykh al-Mufid. Kitab Al-Irshad: The Book of Guidance into the Lives of the Twelve Imams. ‎ CreateSpace Independent Publishing Platform (September 13, 2017) — 114 bet. ISBN 978-1976385322. 
  15. Ayati, Ibrahim. A Probe Into the History of Ashura. CreateSpace Independent Publishing Platform, 2015. ISBN 9781519141880. 
  16. Tahmasebi Beldaji, Asghar (April 2013). "Documentary review of Quran in sermons of Zainab bint Ali". science of Quran and Hadith 16. http://www.noormags.ir/view/fa/articlepage/983682. 
  17. al-Muqarram, Sayyid Abd al-Razzaq. Maqtal al-Husayn. Createspace Independent Pub, 2014 — 303 bet. ISBN 9781502502308. 
  18. Sayyed Ibn Tawus. Lohoof (Sighs of sorrow) by Sayyid Ibn Tawus (2015-11-18). World Islamic Network (1 January 2019) — 134 bet. ISBN 9781546571322. 
  19. Al-Tabari. History of the Prophets and Kings. SUNY Press (July 7, 2015) — 455-456 bet. ISBN 978-0791472521. 
  20. al-Shaykh al-Mufid. Kitab Al-Irshad: The Book of Guidance into the Lives of the Twelve Imams. CreateSpace Independent Publishing Platform (September 13, 2017) — 115-116 bet. ISBN 978-1976385322. 
  21. „The Fourth Journey - Kufa to Shaam“. al-islam.
  22. 22,0 22,1 Al-Baladhuri, Ahmad Bin Yahya Bin Jabir. The Ansab al-ashraf (Genealogies of the Nobles) — 416 bet. 
  23. Al-Biruni. The Remaining Signs of Past Centuries. Miras e Maktub; 1st edition (January 1, 2001) — 527 bet. ISBN 978-9646781542. 
  24. Al-Biruni. The Remaining Signs of Past Centuries. Miras e Maktub; 1st edition (January 1, 2001) — 527 bet. ISBN 978-9646781542. 
  25. Al-Tabari. History of the Prophets and Kings. SUNY Press (July 7, 2015) — 462 bet. ISBN 978-0791472521. 
  26. ibn Tawus al Hasani wal Husaini, Sayyed Radhi ud-Deen Ali ibn Musa. Iqbal al-a'mal — 101 bet. 
  27. ibn Babawayh al-Qummi, Abu Ja'far Muhammad ibn 'Ali. Al-Amali (of Shaykh Saduq) — 230 bet. 
  28. Majlisi, Allama Muhammad Baqir. Behar al-Anwar, Volumes 44 & 45. Islamic Seminary Incorporated, The; 1st edition (December 1, 2014) — 155-169 bet. ISBN 978-0991430819. 
  29. Abu al-Faraj al-Isfahani, d. Kitab al-Aghani. Routledge, 2003. ISBN 9781607246985. 
  30. Al-Baladhuri, Ahmad Bin Yahya Bin Jabir. The Ansab al-ashraf (Genealogies of the Nobles) — 197 bet. 
  31. Ibn Khallikan. Ibn Khallikan's Wafayat Al-ayan Wa Anba Abna Al-zaman. RareBooksClub.com (May 11, 2012). ISBN 978-1231254677. 
  32. Ibn Asakir. History of Damascus — 421 bet.