Saidumarxon Sodiqov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Saidumarxon Sodiqov | ||
| Tavallud sanasi | 2002-yil 5-iyun | ||
| Tavallud joyi | Andijon, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 178 cm (5 ft 10 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Andijon FA | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020 | Andijon | 0 | (0) |
| 2020 | → Andijon II | 8 | (2) |
| 2021 | Turon | 0 | (0) |
| 2022—2023 | Andijon | 2 | (0) |
| 2024 | OʻshDU Aldiyer | 25 | (4) |
| 2025— | Smorgon | 7 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2017 | Oʻzbekiston U15 | 4 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 9-iyun uchun) | |||
Saidumarxon Sodiqov (2002-yil 5-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Belarusning „Smorgon“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonning Andijon futbol akademiyasida taʼlim olgan. 2020-yilgi mavsum futbolchi Andijon klubida professional faoliyatini boshlagan va mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Andijon II klubi safida oʻtkzgan. 2020-yilgi mavsum Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻynab, 2 ta gol muallifi boʻlgan. 2021-yil yanvarida Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtgan va u yerda mavsum davomida 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar chempionatida ishtirok etgan. 2022-yil boshida „Andijon“ klubiga qaytib kelgan. Klubda yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Asosiy jamoadagi ilk oʻyinini 2023-yil 28-iyulda „Nasaf“ klubiga qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada maydonga tushgan. Biroq, asosiy tarkibda oʻz oʻrnini mustahkamlay olmadi va yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Mavsum yakunida futbolchi jamoa bilan birga chempionatni yettinchi oʻrinda tugatgan. Saidumarxon mavsum soʻngida klubni tark etgan.
OʻshDU-Aldiyer
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil fevral oyida futbolchi erkin agent sifatida Qirgʻizistonning „OʻshDU-Aldiyer“ klubiga oʻtib, mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2024-yil 29-martda „Qirgʻizoltin“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻzining ilk golini ham urdi. 2024-yil 20-iyunda Qirgʻiziston kubogi chorak finalida Saidumarxon jamoasi bilan birga „Muras Yunayted“ klubiga yengilib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagan. Mavsum yakunida jamoa bilan birga chempionatni yettinchi oʻrinda tugatgan. Mavsum davomida u klubning asosiy oʻyinchilaridan biri sifatida maydonga tushib, chempionat doirasida 4 ta gol urgan. Mavsum yakunlanishi bilan futbolchi qirgʻiz klubini tark etgan.
Smorgon
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil fevralida futbolchi Belarus „Smorgon“ jamoasining mavsum oldi yigʻin-mashgʻulotlarida ishtirok etgan[1]. 2025-yil mart oyining oxirida futbolchi rasman Belarus klubiga qoʻshilgan va mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan[2]. U klubdagi debyutini 2025-yil 29-martda „Slutsk-2024“ga qarshi oʻyinda amalga oshirdi, 59-daqiqada maydonga tushgan. Futbolchi klubdagi ilk golini 2025-yil 26-aprelda Novopolotskning „Naftan“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Просмотр в "Сморгони" проходят форвард из Узбекистана и защитник "Немана"“ (ru). football.by (2025-yil 9-fevral).
- ↑ „Четыре игрока пополнили состав «Сморгони»“ (ru). bel.football (2025-yil 27-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Saidumarxon Sodiqov FootballDatabase.eu saytida
- Saidumarxon Sodiqov Soccerway saytida
- Saidumarxon Sodiqov OʻzPFL saytida
- Saidumarxon Sodiqov Transfermarkt saytida
- 5-iyunda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Andijon SGS futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Turon klubi futbolchilari
- OʻshMU Aldiyer futbol klubi futbolchilari
- FC Smorgon futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Qirgʻizistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar