Kontent qismiga oʻtish

Saidqahhor Xolxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saidqahhor Xolxoʻjayev
Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev
 Chilonzor tumani hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 22-avgustdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Jahongir Ortiqxoʻjayev
Shavkat Umrzoqov
Oʻtmishdoshi Shavkat Mavlonov
 Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2020-yil 21-dekabr – 2022-yil 22-avgust
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Vazir Jamshid Qoʻchqorov
Oʻtmishdoshi Akmalxon Ortiqov
 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2019-yil 7-mart – 2020-yil 21-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Yetakchi Mamarizo Nurmurodov
Parlament Tanzila Norboyeva
Oʻtmishdoshi Adham Islomov
Vorisi Ayubxon Kamalov
„Oʻzagrosugʻurta“ AJ Boshqaruv raisi
Mansab davri
2017-yil 31-avgust – 2019-yil 7-mart
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil
Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Toshkent moliya instituti
Kasbi iqtisodchi, bankir

Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. 2022-yil 22-avgustdan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi[1][2][3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidqahhor Xolxoʻjayev 1981-yil Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2002-yil Toshkent moliya institutini bakalavr, 2004-yilda esa magistratura darajasida tamomlagan[1].

Oʻn yetti yil davomida u bank sohasida ishlagan[1]. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Asakabank Shayxontohur filialida boshlab, 2015-yilda shu bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan[2].

2015—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qilish shoʻbasining Bank va moliya tizimlarini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan[2].

2017—2019-yillarda „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasini boshqargan[1][2][4].

2019-yil martida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari boʻlgan[2][5].

2020-yil dekabrda esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan[2][6].

2022-yil 22-avgustdagi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi qaroriga binoan Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (oʻzbekcha). Toshkent: Gazeta.uz. Gazeta News MChJ (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Chilonzor tumaniga hokim, prokuror va ichki ishlar boshlig‘i tayinlandi“ (oʻzbekcha). Toshkent: Kun.uz. Web Expert MChJ (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.
  3. „Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (oʻzbekcha). Toshkent: Daryo.uz (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.
  4. „“O‘zagrosug‘urta”ga yangi rahbar tayinlandi“. Kun.uz. Web Expert (2017-yil 31-avgust). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.
  5. „Markaziy Bank raisi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi“. Kun.uz. Web Expert (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.
  6. „Saidqahhor Xolxo‘jayev MB raisi o‘rinbosarligidan ketdi. U vazirlikka ishga o‘tgan“. Kun.uz. Web Expert (2020-yil 21-dekabr). Qaraldi: 23-sentabr 2025-yil.