Rustam Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saidov Rustam Toʻxtasinovichdan yoʻnaltirildi)

Rustam Toʻxtasinovich Saidov (6-fevral 1978, Dushanba) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999). „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). 91 kg dan yuqori vaznda Oʻzbekiston chempioni (1999-2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1999, Bishkek; 2003, Dushanba) gʻolibi, Osiyo chempioni (1999, Toshkent; 2002, Serembran; 2004, Puerto-Prinsessa), Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan), jahon chempionati (2003, Bangkok) va olimpiada (2002, Sidney) bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (2003). Chirchiq shahri ichki ishlar boʻlimida ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Saidov Rustam Toʻxtasinovich" OʻzME. S-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil