Zarifa Saidnosirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saidnosirova Zarifadan yoʻnaltirildi)

Saidnosirova Zarifa (1908,31,9, Turkiston sh., Qozogʻiston — 1986. 16.8, Toshkent) — kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda "Pestolotssi" maktabi (1922—26), Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi (1924— 36) va soʻngra Rozanov tasviriy sanʼat studiyasida (1924—26) oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo boʻlimini tugatib (1926— 30), oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930—86), Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi (1932—37), Oʻquvpedagogika nashriyotida muharrir (1934—35). Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun "Kimyo" darsligi (1933) muallifi. S, pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha-oʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan. S. Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik "Mukammal asarlar toʻplami" (1975—85)ni, rus tilidagi 5 jildlik "Asarlar"i (1985— 87)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uymuzeyida saqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kimyodan ruscha-oʻzbekcha qisqacha izohli lugʻat (hamkorlikda) T., 1975; Oybegim mening (xotiralar), T., 1994.