Saidmagʻruf Magʻrupovich Aʼzamxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saidmag‘ruf Mag‘rupovich A’zamxo‘jayev (1917.5.11, Toshkent) – jarroh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariyagigiyena, keyin sto-matologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 – 91). 1991 yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastro-duodenal qon oqishlar, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, o‘tkir ap-penditsit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, "o‘tkir qorin" va boshqalarga oid. A’zamxo‘jayev portal gipertenziya va jigar sir-rozi, shuningdek o‘pka silini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini ish-lab chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil