Saidikrom Niyozxoʻjayev
Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Qozogʻistondagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yil 12-martdan — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ikrom Nazarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-iyun 1965-yil Toshkent |
Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev — oʻzbek iqtisodchisi, diplomat. Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi[1]. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1965-yil 9-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1989-yilda Toshkent politexnika institutini quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1989-1991 — Toshkent politexnika instituti fakultet dekani yordamchisi, muovini.
1991-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash komissiyasi kotibiyati eksperti, katta eksperti.
1995-1996 — Vazirlar Mahkamasini qurilish, qurilish materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi katta eksperti.
1996-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining kotibiyati mudiri va yordamchisi.
1999-1999 — Vazirlar Mahkamasining Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri — qurilish va yoʻl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish kompleksi rahbari.
1999-2000 — Vazirlar Mahkamasining Investitsion loyihalar Departamenti muhim investitsion dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.
2000-2004 — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati muhim investitsion loyihalarni amalga oshirish koordinatsiyasi va nazorat guruhi bosh mutaxassisi.
2004-2004 — Vazirlar Mahkamasining kommunal taʼminot va transport, qurilish materiallari sanoati, qurilish kompleksi kotibiyati pudrat ishlari dasturini shakllantirish guruhi rahbari.
2004-2011 — Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.
2011-2014 — Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
2014-2015 — Iqtisodni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.
2015-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2018-yildan — Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2023-yil.
- ↑ Vazir oʻrinbosari Qozogʻistonga elchi etib tayinlandi