Said ibn Qays al-Hamdoniy
Said ibn Qays al-Hamdaniy (arabcha: سعيد بن قيس الهمداني) xalifa Usmon va Ali hukmronligi davrida noib va qoʻmondon boʻlgan. Kufada yashagan janubiy arabistonlik Hamdon va Himyariy qabilalari sardori. Shuningdek, Umaviylar xalifaligi davrida ham oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said ibn Qays Janubiy Arabistonning Hamdon qabilasi Sabi boʻlimiga mansub boʻlgan[1]. Uning nasabi Himyariylar podshohlaridan biri bilan bogʻlangan[2]. Himyariylardan boʻlgan ajdodi Zayd ibn Marib ibn Maʼdikarib Janubiy Arabistondagi anʼanalarga koʻra, islomdan avvalgi davrda (VII asrdan oldin) shimoliy Yaman hududidagi Bavn mintaqasi podshohini oʻldirib, uning oʻrniga oʻtirgan shaxs sifatida eslanadi[1].
Said musulmonlarning dastlabki istilolarida ishtirok etgan va Iroqning ikkita asosiy arab garnizon shaharlaridan biri boʻlgan Kufaning yetakchi qabila zodagonlaridan biriga aylangan. Xalifa Usmon davrida (h. 644–656) Eronning Ray va Hamadon hokimi boʻlib xizmat qilgan. Usmondan keyingi xalifa, Iroqda faoliyat yuritgan Ali (h. 656–661) hukmronligi davrida esa Said Kufa askarlari tarkibidagi Hamdoniylar va Himyariy qabilalari qoʻshinlariga boshchilik qilgan. Birinchi fitna davomida 656-yilda Basra yaqinida kechgan Jamol jangida, 657-yilda Shom chegarasidagi Siffin jangida ishtirok etgan. 661-yilda esa Ali boshchiligidagi yana bir harbiy yurishda qatnashgan. Umaviy xalifalari Muoviya I (661–680) va Yazid I (680–683) hukmronligi davrida Yamaniylar (Janubiy arablar)ning nufuzli boshliqlaridan biri sifatida tilga olinadi[2].