Kontent qismiga oʻtish

Sahat Myradow

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sahat Myradow
Tavalludi 7-may 1932-yil
Vafoti 29-oktyabr 2011-yil(2011-10-29)
(79 yoshda)
Ashxobod, Turkmaniston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Taʼlimi Turkmaniston qishloq xoʻjaligi instituti
Kasbi muhandis-gidrotexnik
Partiyasi KPSS, Turkmaniston demokratik partiyasi
Unvoni Professor, texnika fanlari doktori
Mukofotlari Watana bolan soygusi ucin ordeni

Sahat Nepesowiç Myradow (talaffuzi: Saxat Nepesovich Murodov; 1932-yil 7-may, Ivanovo, Ivanovo viloyati, RSFSR, SSSR — 2011-yil 29-oktyabr, Ashxobod, Turkmaniston) — turkman davlat va siyosat arbobi, 1990—1991-yillarda Turkmaniston SSR Oliy kengashi, 1995—2001-yillarda Turkmaniston Majlisi raisi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sahat Myradow 1932-yil 7-mayda Ivanovo shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Turkmanlarning axaltaka qabilasidan. 1956-yilda Turkmaniston qishloq xoʻjaligi institutini muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1]. 1951-yilda KPSS aʼzosi boʻlgan. 1951—1952-yillarda M.I. Kalinin nomidagi Turkmaniston qishloq xoʻjaligi instituti LKSM qoʻmitasi kotibi, soʻngra 1952—1956-yillarda institutning kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, 1956—1957-yillarda Turkmaniston qishloq xoʻjaligi instituti kafedralaridan birida katta laborant, assistent boʻlib ishlagan. 1957—1960-yillarda Zilzilaga qarshi qurilish instituti aspiranti boʻlgan[1], 1960—1964-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasining Zilzilabardosh qurilish institutida kichik ilmiy xodim, Suv muammolari va gidrotexnika ilmiy tadqiqot institutida boʻlim mudiri[2]. 1964—1965-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan, 1965-yilda Turkmaniston kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi apparati oʻquv yurtlari fani boʻlimi mudiri oʻrinbosari, 1965-yildan mudiri[1], 1970—1979-yillarda Turkmaniston davlat univerisiteti rektori, 1979—1985-yillarda Turkmaniston SSR oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, 1985—1990-yillarda Turkmaniston politexnika instituti rektori lavozimida faoliyat olib borgan. 1990-yil may oyida Turkmaniston kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi, 1991-yil aprelidan Turkmaniston kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi byurosi aʼzosi boʻlgan. 1990-yil yanvar oyida Turkmaniston SSR Oliy kengashiga oʻtkazilgan saylovlarda saylovchilarning 35 foiz ovozini olgan. Takroriy ovoz berishda ham past reytingga ega boʻladi[1]. 1990-yil yanvar-noyabr oylarida Turkmaniston SSR Oliy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil noyabrdan 1995-yilgacha Turkmaniston Oliy kengashi[2], 1995-yildan 2001-yil maygacha Turkmaniston Majlisi raisi boʻlgan[3]. 1991-yilda Turkmaniston demokratik partiyasi aʼzosi boʻlgan. 2001-yilda „Parlamentning shakllanishiga qoʻshgan hissasi va uzoq yillik davlat faoliyati uchun“ tashakkurnoma bilan pensiyaga kuzatilgan. Professor, uchta kitob muallifi. 2011-yil 29-oktyabrda 79 yoshida vafot etgan[3].

  1. 1 2 3 4 5 „МУРАДОВ Сахат Непесович“ (ruscha). centrasia.org. 2026-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-aprel.
  2. 1 2 Постсоветская Центральная Азия: потери и обретения (ruscha). Восточная лит-ра, 1998 164-bet. 
  3. 1 2 „Sakhat Muradov dies“ (2011-yil 31-oktyabr). 2026-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-aprel.