Kontent qismiga oʻtish

Safo va Marva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Safo va Marva
arabcha: ٱلصَّفَا وَٱلْمَرْوَة

Safo va Marva orasidagi harakat yoʻli, shuningdek, Kaʼba atrofida aylanish (tavof) bilan birga tasvirlangan.
Joylashuvi Makka, Hijoz, Saudiya Arabistoni
Koordinatalar 21°25′25″N 39°49′38″E / 21.42361°N 39.82722°E / 21.42361; 39.82722


Safo va Marva (arabcha: لصَّفَا وَٱلْمَرْوَة‎) Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan ikkita kichik tepalik boʻlib, ular mos ravishda Abu Qubays va Qayqon togʻlari bilan bogʻlangan. Hozirda ular al-Masjid al-Haromning bir qismiga aylangan. Musulmonlar haj va umra amallarini ado etish chogʻida saʼy (arabcha: سَعِي‎, maʼnosi: „izlash, qidirish yoki yurish“) deb nomlangan marosim doirasida bu tepaliklar orasida yetti marta borib-keladilar.

Musulmonlar ikki togʻ orasida yuguradilar, bu narsa Hojarning Zamzam qudugʻida suv manbasini topguniga qadar tashnalikdan oʻlayotgan bolasi uchun suv izlagani xotirasiga bagʻishlangan marosim hisoblanadi. Ziyoratchilar yuguradigan ikki togʻ orasidagi boʻshliq al-Mas’a deyiladi[1][2].

Safo – Abu Qubays togʻining pastki qismida joylashgan kichik togʻ, Kaʼbadan taxminan 130 m (430 ft) janubi-sharqda joylashgan boʻlib, saʼy marosimining boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi. Marvo Kaʼbadan 300 m (980 ft) shimoli-sharqda joylashgan oq toshdan iborat kichik togʻ boʻlib, Qayqon togʻiga tutashgan. U yerda saʼy marosimining yakuniy qismi bajariladi. Avvallari Safo, Marva va Mas’a al-Masjid al-Haromdan tashqarida joylashgan edi, 1955/1956-yillarda (hijriy 1375) bu ikki joyni al-Masjid al-Haromga qoʻshib olish loyihasi amalga oshirilgan va keyinchalik ular qoʻshib olingan[3]. Safo va Marva orasidagi masofa taxminan 450 m (1,480 ft) boʻlib, bir togʻdan ikkinchi togʻga yetti marta borib kelish umumiy hisobda taxminan 3.6 km (2.2 mi)ni tashkil qiladi.

  1. Hamw, Mahmoud M.. Makkah Al-Mukarramah: History and Milestones, 2019. 
  2. „IN PICTURES: The story of a Muslim ritual with roots dating back 5,000 years“ (en). Al Arabiya English (2018-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  3. Hamw, Mahmoud M.. Makkah Al-Mukarramah: History and Milestones, 2019.