Kontent qismiga oʻtish

Safi Airways

Safi Airways
IATA ICAO Identifikatori
4Q SFW SAFI
Tashkil topgan 2006
Tugatilgan amaliyotlari 5-sentyabr 2016-yil
Baza aeroporti Kobul xalqaro aeroporti
Qoʻshimcha havo tuguni Qandahor xalqaro aeroporti
Tez uchish dasturlari Saffron Rewards
Park hududi 34
Parvoz yoʻnalishlari 18
Egasi Safi Airways Ltd[1]
Bosh qarorgohi Qobul, Afg'oniston
Muhim shaxslar
  • Ghulam Hazrat Safi (Rais)
  • Zaidan Khalifat (Deputy CEO)
  • Joshua G. Bustos (CCO[2])
Sayti safiairways.com

Safir Airways (Pushtu tili: صافي هوايي شرکت; Forscha:خطوط هوایی صافی)[3]Afg‘onistondagi birinchi va eng yirik xususiy aviakompaniyalardan biri. Uning bosh qarorgohi Afgʻonistonning Kobul shahri, Shahr-e-Naw hududida joylashgan. Maʼmuriy ofisi esa Dubay aeroportining erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritgan. 2016-yil sentabr oyida aviakompaniya qarzlari va soliqlarini toʻlamagani sababli Afgʻoniston hukumati tomonidan uning faoliyati toʻxtatilgan.

Safi Airways aviakompaniyasining sobiq Boeing 737-300 samolyoti(2009)
Safi Airways aviakompaniyasining sobiq Airbus A340-300 (2010)

Safi Airways Safi Groupning shoʻba korxonasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, 2006-yilda uning raisi va bosh direktori Gʻulom Hazrat Safi tomonidan asos solingan. 2009-yil 15-iyunda Safi Airways Afgʻoniston poytaxti Kobul va Germaniyaning Frankfurt aeroporti oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻygan. Biroq, 2010-yil 24-noyabrda Yevropa Ittifoqi barcha afgʻon aviakompaniyalarining Yevropaga parvoz qilishini taqiqlagani sababli ushbu qatnovlar toʻxtatilgan[4] va shundan buyon qayta tiklanmagan.

2009-yil 5-noyabrda Safi Airways aviakompaniyasi Airbus A340-300 samolyotini qabul qilib oldi. Biroq Frankfurt yoʻnalishi Yevropa Ittifoqi taqiqi tufayli toʻxtatilganidan soʻng, ushbu samolyotdan foydalanish ham bosqichma-bosqich toʻxtatildi[5][6]. 2011-yilda Safi Airways oʻzining Boeing 737-300 samolyotlarini Airbus A32x turkumidagi samolyotlar bilan almashtirdi. 2016-yilda esa uzoq masofali yoʻnalishlar uchun Airbus A330 samolyotini sotib olish rejalashtirilgan edi[7], biroq bu reja amalga oshmadi.

2012-yil fevralidan buyon Safi Airways Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA), IATA operatsion xavfsizlik auditi (IOSA) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiq faoliyat yuritayotgan birinchi afgʻon aviakompaniyasi hisoblangan[8].

2016-yil 5-sentyabrda Afgʻoniston hukumati toʻlanmagan qarzlar va soliqlar sababli Safi Airways aviakompaniyasini barcha operatsiyalarini toʻxtatgan[9].

Yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil sentyabr holatiga koʻra, Safi Airways quyidagi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatdi[10]:

Mamlakat Shahar Aeroport Ref
AfgʻonistonBagramBagram aerodromi
AfgʻonistonHirotHirot xalqaro aeroporti[10]
AfgʻonistonQobulKobul xalqaro aeroporti[10]
AfgʻonistonBalxBalx xalqaro aeroporti[10]
AfgʻonistonQandahorQandahor xalqaro aeroporti[10]
BahraynManamaBahrayn xalqaro aeroporti
CanadaTorontoToronto xalqaro aeroporti
GermaniyaFrankfurtFrankfurt aeroporti
GermaniyaKyoln/BonnKyoln Bonn aeroporti
GermaniyaGamburgGamburg xalqaro aeroporti
HindistonDehliIndira Gandi xalqaro aeroporti[10]
HindistonHaydarobodRajiv Gandi xalqaro aeroporti
EronTehronMehrobod xalqaro aeroporti
EronMashhadMashhad xalqaro aeroporti[10]
QuvaytQuvaytKuvayt xalqaro aeroporti
PokistonIslomobodIslomobod xalqaro aeroporti[10]
PokistonKarachiKarachi xalqaro aeroporti
Saudiya ArabistoniJiddaQirol Abdulaziz xalqaro aeroporti[10]
Birlashgan Arab AmirliklariAbu DabiAbu Dabi xalqaro aeroporti
Birlashgan Arab AmirliklariDubayDubay xalqaro aeroporti[10]
Birlashgan Arab AmirliklariSharjaSharja xalqaro aeroporti
  1. „Conditions of Transport“. Safi Airways. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-iyul.
  2. Kamel, Deena „Afghanistan's Safi Airways Plans Route Expansion, Jet Purchases“. Bloomberg. Bloomberg News. (2015-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  3. „Safi Airways- Flights to Kabul, Dubai, Jeddah, Delhi, Islamabad“. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  4. spiegel.de – „EU places Afghan airlines on blacklist“ (German) 22 November 2011
  5. „Skyliner – aviation news & more“. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  6. „Airliners.net – Aviation Photography, Discussion Forums & News“. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  7. „News Channel – Homepage – flightglobal.com“. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  8. Contact Info
  9. reuters.com – Afghan carrier Safi Airways grounded over debts 5 September 2016
  10. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 „Where we fly“. Safi Airways. Qaraldi: 2018-yil 30-sentyabr.

VikiombordaSafi Airways“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.

50°56′15″N 6°58′11″E / 50.9375°N 6.9697°E / 50.9375; 6.9697