Sadulloh posho
Sadulloh posho (1838 – 1891-yil 14-yanvar) – Usmoniylar imperiyasining davlat arbobi va diplomati[1]. Asosan, Rus–turk urushidan (1877–1878) keyin Berlindagi Usmoniylar elchisi sifatidagi faoliyati bilan tanilgan.
Yoshlik yillari va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadulloh posho 1838-yilda Arzirum shahrida tugʻilgan[2] , Assad Muhlis posho ismli amaldorning oʻgʻli. Boshlangʻich taʼlimni tugatgach, arab, fors va fransuz tillarini oʻrgangan. Shuningdek, fransuz va sharq adabiyoti boʻyicha xususiy muallimdan saboqlar olgan.
1853-yilda u davlat xizmatida ishlashni boshladi. Dastlab „Moliyaviy ish haqi idorasi“da ishladi. 1856-yilda Tarjima idorasida faoliyat yuritdi. 1866-yilda „Mezahib Kalemi“da faoliyat olib bordi. 1868-yilda „Davlat taʼlim vazirligi boshligʻi“ lavozimiga koʻtarildi. 1870-yilda „Bosh davlat attashesi“ etib tayinlandi. 1876-yil 4-apreldan 30-maygacha Savdo va qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida xizmat qilgan.
U Saffet posho bilan birgalikda Berlin kongressida Usmoniylar imperiyasi vakili sifatida ishtirok etdi[3]. Kongressning maqsadi Rus–turk urushian (1877–1878)]] soʻng Bolqon yarimorolidagi davlatlarning chegaralarini aniqlash edi. U ishtirok etgan delegatsiya San-Stefano shartnomasi shartlarini Usmoniylar foydasiga oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi.
Posho „XIX asr“ nomli sheʼr muallifi boʻlib, bu asar oʻz davrida keng tarqalgan va tez-tez iqtibos keltirilgan[4].
Sadulloh posho 1891-yilda Vena shahrida oʻz joniga qasd qilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gurpinar, Dogan. Ottoman Imperial Diplomacy: A Political, Social and Cultural History (en). I.B.Tauris, 2013-10-25. ISBN 9780857723123.
- ↑ Gurpinar, Dogan. Ottoman Imperial Diplomacy: A Political, Social and Cultural History (en). I.B.Tauris, 2013-10-25. ISBN 9780857723123.
- ↑ Yalçinkaya, M. Alper. Learned Patriots: Debating Science, State, and Society in the Nineteenth-Century Ottoman Empire (en). University of Chicago Press, 2015-02-13. ISBN 9780226184340.
- ↑ Lewis, Bernard. A Middle East Mosaic: Fragments of Life, Letters and History (en). Random House Publishing Group, 2007-12-18. ISBN 9780307430427.
- ↑ The New York Times, February 1, 1891, Sadullah Pashas’s suicide
| Usmonlilar imperiyasiga oid shaxslar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |