Sadrbiy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Sadrbiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Sadrbiy madrasasi Qo‘chqor qo‘rchi guzarida joylashgan bo‘lib, 32 hujradan tashkil topgan. Yillik vaqf mablag‘i 25 ming tanga edi. U Amir Haydar davrida bino etilgan. Bir o‘rinda u to‘g‘rida shunday maʼlumot uchradi: „Atoullaxoja aʼlam — u Chappanavis maxdum. Mulla Mir Sayid Sadrbiy madrasasini qurganda Amir Haydar uni shu yerga mudarris etib tayinladi“. Mulla Sadrbiy mazkur madrasasi bilan birga bir masjid ham qurdirgan. Ular yonma-yon joylashgan. Madrasa bir qavatli bo‘lgan. Faqat bittagina hujrasi darvoza tepasida bo‘lgan. Ushbu madrasaning vaqf hujjati va uning faoliyatiga tegishli yana uchta hujjat saqlanib qolgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida mulla Akramning Sadrbiy madrasasida bo‘sh qolgan o‘rniga hazrat Shamsiddin guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Abduvohid o‘tayotgani maʼlum qilingan. Maoshi 20 tilla. Boshqa hujjatda Sadrbiy madrasasida 26 tilla maosh bilan dars berib turgan mulla Ahmad Jo‘ybori kalonga yuborilayotgani bildirilgan. Bemor talabalar ro‘yxatida mulla Murod Buxoriy nomi qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 402.