Sadio Mane
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sadio Mané | ||
Tavallud sanasi | 10-aprel 1992-yil | ||
Tavallud joyi |
Bambali, Sédhiou,Senegal, ![]() | ||
Boʻyi | 174 sm | ||
Vazni | 69 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009-2011 |
![]() | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2012 2012-2014 2014-2016 2016- |
![]() ![]() ![]() ![]() | ||
Milliy terma jamoa | |||
2012 2012- |
![]() ![]() |
(4 (0) 89 (29)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sadio Mane (1992-yil 10-aprelda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi, Premyer Liga klubi boʻlgan Liverpul va Senegal terma jamoasida hujumkor qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. Mane 2019-yilgi Oltin toʻp uchun kurashda toʻrtinchi oʻrinni egalladi va FIFAning eng yaxshi erkaklar oʻyinchisi mukofotida Mane 2019-yilda beshinchi va 2020-yilda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.[1]
Mane professional faoliyatini 19 yoshida Fransiya Liga 2 ning Metz klubida boshlagan, biroq u bir mavsumdan soʻng 2012-yilda 4 mln yevro evaziga Avstriyaning Red Bull Zalsburg klubiga oʻtgan. 2013-14 yilgi mavsumda Red Bull Zalsburg bilan liga va kubokni yutgan. Oʻsha yoz oxirida Mane Angliyaning Sautgemton klubiga rekord darajadagi 11,8 mln funt sterling evaziga oʻtdi. Sautgemton klubida 2015-yilda Aston Villa ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 176 soniyada urilgan eng tezkor xet-trik boʻyicha Premyer liganing yangi rekordini oʻrnatdi
Mane 2016-yilda 34 mln funt sterling evaziga Premer liga ning boshqa jamoasi Liverpul bilan shartnoma imzolagan edi. U jamoaga 2018 va 2019-yillarda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga yordam berdi va 2019-yilda gʻalaba qozondi. U shuningdek, 2018-19 yilgi mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlanib, Premer liganing "Oltin butsasi"ni qoʻlga kiritgan. Keyin Mane 2019-20 Premyer ligada gʻalaba qozonish orqali Liverpul ning 30 yillik yomon natijalarini tugatishga yordam berdi. 2021-yil oktabr oyida u Premyer ligadagi 100-golini urdi va bu marraga erishgan uchinchi afrikalik boʻldi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Liverpul[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yilning 28-iyunida Mane 34 funt sterling evaziga Liverpul ga besh yillik shartnoma asosida oʻtdi[2]. Transfer narxi uni oʻsha paytda tarixdagi eng qimmat afrikalik futbolchiga aylantirdi. 14-avgust kuni u „qizillar“ safida Premyer ligadagi debyutini oʻtkazdi va „ Arsenal“ ga qarshi safarda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻrtinchi golni kiritdi. Yelkasidagi yengil jarohat tufayli Liverpulning „Byornli“dagi magʻlubiyatini oʻtkazib yuborgan Mane Liga kubogida " Byorton Albion "ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi va u 5:0 hisobidagi gʻalabada ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 2022-yilning 10-aprelida, yaʼni 30 yoshga toʻlgan kuni Mane Manchester Sitiga qarshi safarda 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Liverpulning golini urdi.[3] Shundan soʻng Mane 16-aprel kuni Angliya kubogi yarim finalida Uembli stadionida Manchester Siti darvozasiga ikkita gol urib, 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Liverpulga 2012-yildan beri ilk bor Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi va finalda gʻalaba qozondi.[4]
Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mane 2012-yilgi Olimpiada turnirida Senegal terma jamoasining bir qismi boʻlgan, chorak finalda qoʻshimcha vaqtdan soʻng 4:2 hisobida yakuniy chempion Meksikaga yutqazgan. 2021-yil Afrika Millatlar Kubogida Mane Senegal terma jamoasi safida birinchi marta musobaqada gʻolib chiqdi. Misrga qarshi finalda u Liverpuldagi jamoadoshi Muhammad Salohga qarshi oʻynadi. Kubokni qoʻlga kiritish uchun hal qiluvchi zarbani amalga oshirish bilan bir qatorda, Mane finalgacha uchta gol urdi, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida u oʻz mamlakatini 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun Misrga qarshi umumiy hisobda 1:1 hisobida durang oʻynagan oʻyinda penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.[5]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Premyer Liga: 2019-20[6]
- Angliya kubogi: 2021-2022[7]
- Angliya Liga Kubogi: 2021-22[8]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2018-19[9]
- UEFA superkubogi: 2019[10]
- FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2019[11];Senegal
- Afrika Millatlar Kubogi: 2021;[12]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ [[1]]https://digitalhub.fifa.com/m/4c53294d07ac5932/original/crd38hy7yorvmctr8rml-pdf.pdf
- ↑ [[2]]https://www.bbc.com/sport/football/36642523
- ↑ [[3]]https://www.bbc.com/sport/football/61120882
- ↑ [[4]]https://www.bbc.com/sport/av/football/61451807
- ↑ [[5]]https://www.bbc.com/sport/football/60881797
- ↑ „Sadio Mané: Overview“. Premier League. Qaraldi: 9-avgust 2020-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
- ↑ Rose, Gary. „Liverpool 2–2 Chelsea“. BBC Sport (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 15-avgust 2019-yil.
- ↑ Poole, Harry. „Liverpool 1–0 Flamengo“. BBC Sport (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Africa Cup Of Nations: Senegal Beat Egypt To Win Final (AFCON)“. Sports Illustrated (6-fevral 2022-yil). Qaraldi: 6-fevral 2022-yil.