Kontent qismiga oʻtish

Sadettin Saran

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sadettin Saran
Fenerbahçe prezidenti
Mansab davri
25-sentyabr 2025-yil
Oʻtmishdoshi Ali Koç
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Steven Sadettin Saran

1964-yil 30-avgust (1964-08-30) (62 yosh)
Denver, Colorado, U. S.
Millati Turkiya — Amerika Qoʻshma Shtatlari
Alma mater Kentucky universiteti
Kasbi biznesmen va sport rahbari

Stiven Sadettin Saran (1964-yil 30-avgustda tugʻilgan) turk-amerikalik sobiq sportchi, biznesmen va sport rahbaridir. 2025-yil sentabr oyida u 34-prezident sifatida Fenerbahçe sport klubiga saylandi[1].

Saran Kolorado shtati, Denver shahrida turk otasi Özbek Saran va amerikalik onasi Jeraldin Saran oilasida tugʻilgan[2]. U Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Kentucky universitetida mexanika muhandisligi boʻyicha tahsil olgan[3].

AQShda oʻqib yurgan paytida u oʻqigan maktabining suzish jamoasi sardori boʻlgan va ikki yil davomida „Eng qimmatli sportchi“ unvoniga sazovor boʻlgan[4]. 1984–1985-yillarda Turkiya milliy suzish terma jamoasi sardori boʻlgan va shu davrda 50 metrlik erkin uslubda suzish boʻyicha rekordni yangilagan[2].

Tahsilini tugatgach, Turkiyaga qaytib kelgan Saran Madaniyat va turizm vazirligida ishlagan. Keyinchalik u Saran Holding kompaniyasiga asos soldi[5] va koʻplab mashhur jahon brendlarining vakilligini oʻz zimmasiga oldi[6]. 1990–1995-yillar orasida u Martin Mariettaning Anqara ofisida avval bosh direktor oʻrinbosari, soʻng bosh direktor sifatida faoliyat yuritgan[2][3][4].

Avvalgi turmushidan Lal ismli qizi bor boʻlgan Saran ispan, oʻrta darajada nemis va ingliz tillarida soʻzlashadi[2].

Saran Holding

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda Sadettin Saran tomonidan Istanbulda tashkil etilgan Saran Holding omma axborot vositalari, nashriyotchilik, internet platformalari, aviatsiya, turizm va qimor oʻyinlari va pul tikish sohalarida faoliyat yuritadi[4][3].

Saran Media Turkiyadagi sport translyatsiyalarining qariyb 65 foiziga egalik qiladi va La Liga, Seriya A, Premyer liga va UEFA musobaqalari kabi yirik tadbirlar uchun translyatsiya huquqlarini qoʻlga kiritgan. Turizm sohasida esa u Split va Praga shaharlarida mehmonxonalar boshqaradi[4]. 33 ta turli kompaniya va qariyb 2 000 nafar xodimga ega boʻlgan ushbu guruh Turkiyaning yirik biznes tuzilmalaridan biridir[4][3].

S Sport, Radyospor, Radyo Music, Radyo Traffic, Ajansspor sport portali va tuttur.com pul tikish sayti kabi media tuzilmalar ham Sadettin Saranga tegishli. (Turkiya Futbol Federatsiyasi qonunchiligi sababli tuttur.com faoliyati toʻxtatildi.)[7][3][4].

Saran Fenerbahçe Oliy Kengashi aʼzosi boʻlib, 9945-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan[8]. U Aziz Yıldırım prezidentligi davrida boshqaruv kengashida futbol boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib borgan[9]. Prezidentning harakatlarini maʼqullamagani va uni ochiq tanqid qilgani sababli uning Aziz Yıldırım bilan munosabatlari keskin yomonlashdi. Natijada u noqonuniy tarzda kengash tarkibidan chetlashtirildi. Klub ustidan „adolatsiz chiqarib yuborildi“ deb sudga murojaat qildi. Yakunda Turkiya sudi 7 yil davom etgan ushbu sud jarayonida qarorni Saran foydasiga chiqardi[10].

2021-yil 16-dekabrda Saran kelajakda Fenerbahçe prezidentligiga nomzod boʻlishini maʼlum qildi[11].

2025-yil 30-iyulda Saran „500 nomzod imzosi (klub nizomi talabiga binoan)“ni toʻplab, Fenerbahçe SK uchun navbatdan tashqari saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatildi[12].

2025-yil 21-sentabr kuni oʻtkazilgan Fenerbahçe sport klubi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida 24 732 ta ovoz berildi, shundan 24 393 tasi haqiqiy deb topildi. Saran 12 325 ta ovoz bilan Fenerbahçening 38-prezidenti boʻldi, amaldagi prezident Ali Koç esa 12 068 ta ovoz oldi. 135 ta byulleten boʻsh boʻlib, 204 ta ovoz yaroqsiz deb topildi[1].

Borussiya Dortmund

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundesliga jamoalaridan biri hisoblangan Borussiya Dortmundning aksiyadori boʻlgan[13]. Sadettin Saran klub aʼzolari va muxlislaridan eʼtirozlar kelib tushganidan soʻng oʻz ulushlarini sotdi[14][15].

Noqonuniy moddalar isteʼmoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yil 24-dekabrda, Fenerbahçe prezidentligi davrida Sadettin Saran politsiya tomonidan noqonuniy giyohvand moddalar boʻyicha testi musbat chiqqanidan keyin qoʻlga olindi[16]. Saran barcha ayblovlarni rad etib, uning „yashiradigan hech narsasi yoʻqligini“ va vakolatli organlar bilan toʻliq hamkorlik qilishini bildirdi. Oradan bir kun oʻtib, 2025-yil 25-dekabrda u sud nazorati ostida ozod qilindi[17].

  1. 1 2 „Fenerbahçe Spor Kulübü’nün Yeni Başkanı S. Sadettin Saran“ (2025-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 21-sentyabr.
  2. 1 2 3 4 „Sadettin Saran'ın Hayatı ve Biyografisi“ (2025-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 21-sentyabr.
  3. 1 2 3 4 5 „Sadettin Saran kimdir, serveti ne kadar? Fenerbahçe’nin yeni başkanı Sadettin Saran’a ait şirketler“ (2025-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  4. 1 2 3 4 5 6 „Fenerbahçe'nin yeni başkanı Sadettin Saran kimdir? Sadettin Saran'ın sahip olduğu şirketler!“ (2025-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 22-sentyabr.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  6. „Arşivlenmiş kopya“. 2018-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  7. „Arşivlenmiş kopya“. 2018-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  8. „Sadettin Saran'a başsağlığı dileriz“ (tr). Fenerbahçe S.K. (2022-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  9. „Sadettin Saran görevi bırakıyor“ (tr). Hürriyet (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  10. „Sadettin Saran kazandı, Aziz Yıldırım itiraz etti“ (tr). CNN Türk (2016-yil 26-iyun). Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  11. „Sadettin Saran'dan Fenerbahçe başkanlık açıklaması“ (tr). fanatik.com.tr (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  12. „Prominent Turkish businessman eyes for Fenerbahce presidency“ (en). Türkiye Today. Qaraldi: 2025-yil 1-sentyabr.
  13. Haber7. „Sadettin Saran B.Dordmund için kesenin ağzını açtı - Tüm Spor Haber“. spor.haber7.com. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  14. „Sadettin Saran Borussia Dortmund'u neden sattı?“. futbolarena.com (2017-yil 18-mart). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  15. „Borussia Dortmundta Türke geçit yok ! | Ekonomi“. haber3.com (2005-yil 7-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  16. „Fenerbahce president detained in Istanbul drug investigation after positive narcotics test“ (en). AP News (2025-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 24-dekabr.
  17. „Chair of leading Turkish sports club Fenerbahce questioned in a drugs probe“ (en). CTVNews (2025-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 25-dekabr.