Sacagawea
Sacagawea | |
---|---|
![]() Sacagawea (o‘ngda) Lewis va Clark bilan Mississippi daryosida, Montana Vakillar palatasidagi devoriy rasm | |
Tavalludi |
1788-yil may |
Vafoti |
1812-yil 20-dekabr Kenel, Janubiy Dakota yoki Vayoming |
Fuqaroligi | AQSh |
Millati | Lemhi Shoshone |
Sacagawea (talaffuzi: /ˌsækədʒəˈwiːə/ SAK-ə-jə-WEE-ə yoki /səˌkɒɡəˈweɪə/ sə-KOG-ə-WAY-ə;[1], shuningdek Sakakawea yoki Sacajawea; 1788-yil may – 1812-yil 20-dekabr) – lemhi shoshone hindularidan biri boʻlib, Lewis va Clark ekspeditsiyasiga tarjimon va yoʻlboshchi sifatida yordam bergan. Sacagawea ekspeditsiya bilan Shimoliy Dakotadan Tinch okeanigacha minglab mil yoʻl bosib, tubjoy amerikaliklar bilan madaniy aloqalarni oʻrnatishga yordam berdi.
XX asr boshlarida Milliy Amerika ayollari saylov huquqi assotsiatsiyasi Sacagaweani ayollar qadr-qimmati va mustaqilligi ramzi sifatida qabul qildi, uning xotirasiga bir nechta haykallar va lavhalar oʻrnatdi[2].
Hayotining ilk davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sacagawea haqida ishonchli tarixiy maʼlumotlar juda kam. U taxminan 1788-yilda hozirgi Aydaxo shtatining Salmon shahri yaqinidagi Agaidika (Lemhi Shoshone) qabilasida tugʻilgan. Bu hozirgi Aydaho-Montana chegarasidagi hududga toʻgʻri keladi.
1800-yilda, Sacagawea taxminan 12 yoshda boʻlganida, u va boshqa bir nechta bolalar Hidatsa qabilasi tomonidan asirga olingan. Bu hujum natijasida bir nechta Shoshone qabilasi aʼzolari – toʻrt erkak, toʻrt ayol va bir nechta oʻgʻil bola halok boʻlgan. Sacagawea hozirgi Shimoliy Dakota shtatining Washburn shahri yaqinidagi Hidatsa qishlogʻida asirlikda saqlangan[3].
Lewis va Clark ekspeditsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1804-yilda Discovery jamoasi Mandan qishlogʻiga yetib bordi. U yerda kapitanlar Meriwether Lewis va William Clark (1804—1805-yillarda) qishlash uchun Fort Mandanni qurdilar. Ular bahor faslida ]]Missuri daryosi]] boʻylab boʻladigan ekspeditsiyaga tarjimonlik qiladigan yoki yoʻl koʻrsatishi mumkin boʻlgan bir nechta qabilalar bilan suhbatlashdilar. Missuri daryosining yuqori oqimida yashovchi qabilalar bilan muloqot qilish zarurligini bilgan holda, ular bir nechta mahalliy tillarni bilishini taʼkidlagan Toussaint Charbonneau va uning shoshon tilida soʻzlashuvchi xotinlaridan birini yollashga qaror qildilar. Oʻsha paytda Sacagawea birinchi farzandiga homilador edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Listen To Why You're Probably Pronouncing Sacagawea Wrong“. St. Louis on the Air. St. Louis Public Radio (2014-yil 28-aprel). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
- ↑ ; Mark David SpenceLewis & Clark: Legacies, Memories, and New Perspectives. University of California Press, 2004. ISBN 978-0-520-23822-0.
- ↑ Anderson, Irving W. 1999. "Sacagawea | Inside the Corps (Wayback Machine saytida 2017-09-12 sanasida arxivlangan)" (film website). Lewis & Clark. DC: PBS.org.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Powers, Thomas, „Getting Sacagawea Right“ (review of Our Story of Eagle Woman: Sacagawea: They Got It Wrong, by the Sacagawea Project Board of the Mandan, Hidatsa, and Arikara Nation, Paragon Agency, 2021, 342 pp.), The New York Review of Books, vol. LXX, no. 10 (8 June 2023), pp. 39–42.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Sacagawea haqida turkum mavjud |
- „Profile: Sacagawea“, National Park Service
- Museum of Human Beings (Wayback Machine saytida 2017-03-01 sanasida arxivlangan), a book by Colin Sargent
- Sacagawea – A Pioneer Interpreter at teck-translations.com
- Lewis and Clark Expedition Maps and Receipt. Yale Collection of Western Americana, Beinecke Rare Book and Manuscript Library.