Sabungaron madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Sabungaron madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Sabungaron madrasasi Muhammad Ali Baljuvoniy maʼlumotlarida qayd etilgan. Uning faoliyatiga doir beshta hujjat aniqlangan. Qozikalon Mir Sadriddin Sabungaron guzari masjidi hujralari mudarrisi va imomi mulla Mahmud Qoflon madrasasiga yuborilgani, uning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘qishni tugatgan ilm tolibi mulla Abdug‘afurxoja tayinlanganini yozilgan. Maoshi 4 tilla bo‘lgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib bu dargohda vaziyat o‘zgargan va mudarris maoshi ko‘tarilgan. Sadr rais Mir Badriddin arznomasida Sabungaron guzari madrasasi mudarrisi va masjidi imomi mulla Nasriddin Shofirkon tumaniga yuborilgani, uning bo‘sh qolgan o‘rniga Hullabofon guzari masjidi imomi mulla Ahmad tayinlangani bildirilgan. U „Hidoya“ning „Nikoh“ bo‘limidan 20 qator o‘qib, yaxshi tarjima qilgan. Bu o‘quv maskanida mudarris va imomlik uchun 24 tilla haq to‘langan. XIX asr oxirlarida bu yerda mulla Abdusattor dars o‘tgan. Bemor talabalar ro‘yxatida Mir Sayf Buxoriy nomi qayd qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 401.