Kontent qismiga oʻtish

Sabrina Duchesne

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sabrina Duchesne
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Tavallud sanasi 2001-yil 17-aprel
St-Augustin-de-Desmaures, Quebec, Kanada
Boʻyi 160 cm (5 ft 3 in)
Sport
Qaysi sport para suzish
Klubi Club de Natation Rouge et Or
Murabbiy(lar)i Emmanuel Vergé

Sabrina Duchesne (2001-yil 17-aprelda tugʻilgan) – kanadalik para suzuvchi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4x100 metrga estafeta bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida, 2018-yilgi suzish boʻyicha Pan Tinch okeani chempionatida va 2019-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan[2].

Yoshlik davri va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duchesne Quebec provinisiyasining Saint-Augustin-de-Desmaures shahridan[3]. Unda miya yarim falajligi kasalligi mavjud boʻlib[4], ushbu kasallikka qarshi fizioterapiya mashqlari davomida suzish bilan shugʻullanishni boshlagan[5].

Duchesne bugungi kunda Laval universitetida kriminologiya boʻyicha tahsil olmoqda[5].

Duchesne 2015-yilda 14 yoshida Torontoda oʻtkazilgan Para Panamerika oʻyinlarida Kanada terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan eng yosh sportchi edi[6]. U 200 metrga kompleks suzish bahsi finaligacha yetib bordi, shuningdek, S7 toifasida ayollar oʻrtasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7].

Duchesnening ilk Paralimpiadasi 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, sportchi musobaqada S8 toifasida 5 ta yoʻnalishda ishtirok etdi[8]. Bular 50 metr, 100 metr va 400 metrga erkin usulda suzish, 100 metrga chalqancha suzish hamda 200 metrga kompleks suzish bahslari edi. Sportchining eng yaxshi natijasi 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida qayd etilgan boʻlib, ushbu bahsda 6-oʻrinni egallagan[6]. 2017-yilda Duchesne oyogʻini sindirib olgan va bu uning natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan[7].

2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Duchesne ilk bor S7 toifasida raqobat olib bordi[8]. Unda sportchi Morgan Bird, Katarina Roxon va Aurelie Rivard bilan birgalikda ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4x100 metrga estafeta bahsida bronza medalini qoʻlga kiritdi[9]. Shuningdek, oʻyinlarda S7 toifasida 100 metrga erkin usulda suzish bahsida 6-oʻrinni egalladi[8].

2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida Duchesne S7 toifasida ayollar oʻrtasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi[10]. Bu uning para suzish boʻyicha jahon chempionatlaridagi ilk medali edi[6]. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham Duchesene Kanada sharafini himoya qilgan[11].

  1. „DUCHESNE Sabrina“. Tokyo 2020. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  2. „Duchesne | Canadian Paralympic Committee“. paralympic.ca. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  3. Harvey. „Sabrina Duchesne termine sur une bonne note à Tokyo“ (fr-CA). Courrier de Portneuf (2021-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  4. Neidigh. „Canadian Swimmers Circling the Pool Podium at Parapan Am Games“ (en-US). SwimSwam (2015-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  5. 5,0 5,1 Larose. „Trois étudiants-athlètes de l'Université Laval participeront aux Jeux olympiques et paralympiques de Paris“ (fr). ULaval Nouvelles (2024-yil 2-iyul). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Canada's Sabrina Duchesne swims to bronze in 400m freestyle for her 1st para world medal“. CBC (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  7. 7,0 7,1 „Duchesne looks to re-establish herself among world's elite“. Swimming Canada (2019-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  8. 8,0 8,1 8,2 Braun. „Swimmer Duchesne with stellar outcome she "would not have expected"“ (en-CA). The Toronto Observer (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  9. Rankin, Christine. „Paralympic wake-up call: Disqualifications result in shock bronze medal for Canadian swimmers“. CBC (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  10. „Canada's Sabrina Duchesne claims world para swim championship bronze medal“ (en). Lethbridge News Now (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  11. „20 Para Swimmers Nominated To 2024 Canadian Paralympic Team“ (en-US). SwimSwam (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.