Sabri Esat Siyavuşgil
Qiyofa
| Sabri Esat Siyavuşgil | |
|---|---|
| Tavalludi |
1907-yil |
| Vafoti |
6-oktyabr 1968-yil (61 yoshda) Istanbul, Turkiya |
| Fuqaroligi | Turkiya va Usmonli imperiyasi |
| Kasbi | yozuvchi, tarjimon |
Sabri Esat Siyavuşgil (1907, Istanbul – 6-oktyabr 1968, Istanbul) – turk shoiri, yozuvchi, psixolog, tarjimon va ensiklopedist[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Istanbulda tugʻilgan. Otasi Ahmad Esat boʻlib, Usmonli imperiyasining buyuk vazirlaridan biri Siyavush poshshoning avlodi hisoblanadi[2]. Boshlangʻich taʼlimni Antaliyada tamomlagan. Oʻrta maʼlumotni Qodikoʻy sultoniysi, Istanbul erkak oʻqituvchilar maktabi va Istiqlol litseyida davom ettirgan. Istiqlol litseyining soʻnggi yilida Fransiyaga ketgan. Dijon va Lyon universitetlarida falsafa va psixologiya boʻyicha tahsil olib, doktorlik darajasini olgan[3].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xonalar va hovlilar (Odalar ve Sofalar, 1933)
- Psixologiya va tarbiya masalalari (Psikoloji ve Terbiye Bahisleri, 1940)
- Tanzimatning fransuz ommaviy axborot vositalarida uygʻotgan aks-sadosi (Tanzimatʼın Fransız Efkar-ı Umumiyesi’nde Uyandırdığı Yankılar, 1940)
- Qoragʻoz (Karagöz, 1941, fransuzcha 1951, inglizcha 1955)
- Folklor va milliy hayot (Folklor ve Millî Hayat, 1943)
- Roman va oʻquvchi (Roman ve Okuyucu, 1944)[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sözlüğü, Türk Edebiyatı İsimler „Sabri Esat Siyavuşgil“. teis.yesevi.edu.tr. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ FEDAİ, Özlem (2009). "In The Poems Of Ziya Osman Saba And Sabri Esat Siyavuşgil Sense Of Belonging And Plases Thought". Journal of Turkish Studies 4 Issue 8 (4): 1229–1252. doi:10.7827/turkishstudies.998. ISSN 1308-2140. http://dx.doi.org/10.7827/TurkishStudies.998.
- ↑ Sözlüğü, Türk Edebiyatı İsimler „Sabri Esat Siyavuşgil“. teis.yesevi.edu.tr. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Sabri Esat Siyavuşgil Yazarına Ait Tüm Kitaplar – Sabri Esat Siyavuşgil Biyografisi“ (tr). www.kitapyurdu.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |