Kontent qismiga oʻtish

Sabancı Merkez masjidi

Koordinatalari: 36°59′29″N 35°20′03″E / 36.99139°N 35.33417°E / 36.99139; 35.33417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Sabancı Merkez masjidi
turkcha: Sabancı Merkez Camii
Sabancı Merkez masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Adana
Joylashuvi Seyhan tumani
Koordinatalar 36°59′29″N 35°20′03″E / 36.99139°N 35.33417°E / 36.99139; 35.33417
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmor Necip Dinç
Binokorlik 19881998
Oʻlchami 28 500 nafar[1]
Gumbaz balandligi 54 m
Minoralar soni 6
Minoralar soni 6
Minoralar balandligi 99 m
Holati amaldagi

Sabancı Merkez masjidi (turkcha: Sabancı Merkez Camii) – Turkiyaning Adana shahridagi ikkinchi yirik masjid[2]. Tashqi koʻrinishi (ichki bezagi) Edirnedagi Salimiya masjidiga, 6 ta minoraga ega ekanligi bilan Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidiga oʻxshaydi.

1998-yilda foydalanishga topshirilgan masjid musodara qilingan arman qabristoni ustiga qurilgan[3][4][5]. Umumiy 52,600 m² maydonda qurilgan, yopiq maydoni esa 6,600 m² ni tashkil qiladi[6].

Sabancı Merkez masjidi Turkiya diniy fondi va Sabancı fondi tomonidan hamkorlikda qurilgan. Masjidning mulki Adana Din ishlari jamgʻarmasiga tegishli boʻlib, undan foydalanish huquqi Adana viloyati muftiyligiga oʻtgan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabancı Merkez masjidi Adana shahrini atrofdagi shahar va qishloqlar bilan bogʻlaydigan asosiy arteriyalar, temir yoʻllar va yoʻllar kesishmasida qurilgan boʻlib, shaharning deyarli hamma joyidan koʻrinadigan baland minoralari bilan deyarli shaharning ramziga aylangan. 28 500 kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan masjid Yaqin Sharqdagi eng katta masjidlardan biri boʻlgani bilan mashhur.

Seyhan daryosi qirgʻogʻida joylashgan Sabancı Merkez masjidi 6 minorali mahobatli inshoot hisoblanadi. Diametri 32 metr (105 fut) boʻlgan asosiy gumbazni koʻtarib turuvchi 8 ta ustuni mavjud. Asosiy gumbazning balandligi pol sathidan 54 metr (177 fut) balandlikda. Asosiy binoga tutashgan 4 ta minoraning har birining balandligi 99 metr (325 fut), yarim yopiq ayvonda joylashgan qolgan 2 ta minoraning har biri 75 metr (246 fut) balandlikka ega.

Masjidda 4 ta darsxona, 10 ta eʼtikāf xonasi, imom va muazzin xonalari, munozara xonalari va tahorat oladigan favvora mavjud.

Masjiddagi barcha xattotlik asarlari xattot Husayn Qutluga tegishli. Qiblaga qaragan 4 ta katta panellar hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta masjid panellari hisoblanadi.

Masjiddagi barcha rasm va koshin naqshlari arxitektor naqqosh M. Semih Irtesga tegishli. Tokcha, minbar, platforma, kirish eshigi va boshqa eshiklar marmardan qilingan, ular Usmoniylar meʼmorchiligining klassik uslubida Nihat Kartal tomonidan yaratilgan.

Minoralar oq sement va fil suyagi rangidagi maydalangan tosh aralashtirilgan temirbetondan qurilgan.

Ichki va tashqi yoritish, ichki ovoz tizimi loyihalari Philips kompaniyasiga tegishli. Bundan tashqari, minorada joylashgan markaziy radio tizimi hamd markaziy eshittirish tizimi orqali diametri 60 kilometr (37 milya) maydonda joylashgan 275 ta masjidda bir vaqtning oʻzida vaʼz oʻqilishi mumkin.

Masjidning gʻarbiy tomonida tadqiqotchilar va jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan kutubxona mavjud.

  1. Official Sabancı Foundation website (Wayback Machine saytida 2008-11-18 sanasida arxivlangan)
  2. „A look into Adana's history by Incirlik Air Base“. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. "The process of the Armenians' wealth seizing in Turkey". International Center for Human Development. 2012. http://www.ichd.org/download.php?f=713&fc=Property-v3.pdf. Qaraldi: 20 March 2013. "many public buildings and Sabanci Mosque were constructed upon Adana Armenian Cemetery." Sabancı Merkez masjidi]]
  4. Çetinoğlu, Sait. „Bir Süryani Kilisesi hikayesi vesilesi ile İki ailenin örnek dayanışmasına dairdir“ (tr). Hristyan Gazete (2012-yil 18-dekabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-mart. „Adana Ermeni mezarlığının üzerinde yükselen Sabancı camisi gibi Aya Stefanos’taki Latin mezarlığında da Süryani kilisesi yükselmeden gerekli duyarlılığı gösterileceğini ummak istiyorum.“.
  5. Çetinoğlu, Sait. „KİLİKYA 1909; Adana’da Adaletin Katledilmesi-4“ (tr). Sosyalist Mezopotamya. Qaraldi: 2013-yil 20-mart.
  6. „Sabancı Merkez Camii“. Sabancı Vakfı.

Andoza:Sabancı Camii.JPG