Kontent qismiga oʻtish

Saʼlaba ibn Salama al-Amiliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saʼlaba ibn Salama al-Amiliy
ثعلبة بن سلامة العاملي
Al-Andalus hokimi
Mansab davri
742 – 743
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Suriya
Vafoti 750
Misr
Mansubligi Umaviylar xalifaligi
Janglari

Berberlar qoʻzgʻoloni

  • Baqdura jangi (741)
Abu Muslim Harakati

Saʼlaba ibn Salama al-Amiliy (arabcha: ثعلبة بن سلامة العاملي) – Jund al-Urdunn, Magʻrib va Pireney yarim oroli harbiy qoʻmondoni. 742-yilning avgustidan 743-yilning mayigacha Al-Andalus hokimi boʻlib xizmat qilgan.

Saʼlaba ibn Salama koʻpchilik andalusiyalik arablar kabi Yamaniy guruhiga mansub Banu Amila qabilasidan boʻlgan[1].

Saʼlaba ibn Salama 741-yilda Magʻribda Berberlar qoʻzgʻolonini bostirish uchun Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy va uning jiyani Balj ibn Bishr al-Qushayriy boshchiligidagi „Suriya“ ekspeditsiya bilan Shimoliy Afrikaga yoʻl olgan. Suriya armiyasi magʻlubiyatga uchragan va Kulsum 741-yilning oktyabr oyida Baqdura jangida berber isyonchilari tomonidan oʻldirilgan. Balj ibn Bishr omon qolgan 10 000 nafar askarlarni Seutaga olib ketgan. Al-Andalus hokimi Abdulmalik ibn Qatan al-Fihriy bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Suriya qoʻshinlari 742-yil boshida Al-Andalusga olib ketilgan[ iqtibos kerak ].

  1. Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9. 
Oldingisi Al-Andalus hokimi
742–743
Keyingisi