S Oltin baliq
S Oltin baliq (lotincha: S Doradus) — galaktikamizning sunʼiy yoʻldoshi boʻlgan Katta Magellan bulutidagi yorqin yulduz[1]. Bu ilm-fanga maʼlum boʻlgan gipergigant, eng yorqin yulduzlardan bir boʻlsada, bizdan juda uzoqda joylashganligi uchun qurollanmagan koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi. Bizdan yulduzgacha boʻlgan masofa 169 000 yorugʻlik yilini tashkil etadi. Shuningdek, u KMB markaziy yoʻlagining shimoliy qismida joylashgan NGC 1910 tarqoq yulduzlar toʻplamiga tegishli.
S Oltin baliq Quyoshdan massasi boʻyicha 45 marta, yorqinligi boʻyicha — 910 000-1 400 000 marta kattaroqdir. Bunday yulduzlar yadro yoqilgʻisini shunchalik tez isteʼmol qiladilarki, ularning umri bir necha million yildan oshmaydi. Bunday yorqinlik tufayli S Oltin baliq yuzasida yorugʻlik bosimi juda katta qiymatga yetadi, bu esa quyosh shamoli koʻrinishida yulduz moddalarining ulkan emissiyasini keltirib chiqaradi.
Bu yulduz S Oltin baligʻi (S Dor) turiga kiritilgan oʻzgaruvchan yulduzlarning prototipi hisoblanadi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Massivligi yuqori yulduzlar roʻyxati
- Eng kuchli yulduzlar roʻyxati
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Lamers, H. J. G. L. M. (1995) (en). Observations and Interpretation of Luminous Blue Variables. 83 (IAU Colloq. 155: Astrophysical Applications of Stellar Pulsation nashri). ISSN 1050-3390. https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/1995ASPC...83..176L/abstract.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Simbad astronomik maʼlumotlar bazasi(Inglizcha) )
- Encyclopedia of science(Inglizcha) )