SQ3R

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SQRRR yoki SQ3R oʻqishni tushunish usuli boʻlib, u besh bosqichdan iborat: soʻrov, savol, oʻqish, bayon etish va koʻrib chiqish . Usul amerikalik faylasuf Francis P. Robinson tomonidan 1946-yilda „Effective study“ kitobida birinchi bor taklif qilingan[1].

Ushbu usul darslik materialini oʻqishda yanada samarali va faol yondashuvni taklif etadi. U kollej talabalari uchun yaratilgan, lekin yosh talabalar ham bundan foyda topa olishadi. Yaqin oradan butun dunyodagi oʻquvchilar oʻqiyotganlarini yaxshiroq tushunish uchun ushbu usuldan foydalanishni boshlaganlar[2].

Keyinchalik ishlab chiqilgan shunga oʻxshash usullar PQRST va KWL jadvalini oʻz ichiga oladi[3].

Jarayon[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Soʻrov (Survey — „S“)

Birinchi navbatda, Survey yoxud Savol — koʻzdan kechirish yoki skanerlash kitobni toʻxtamasdan oʻqishdan koʻra, har bir bobdan keyin sarlavhalar, qoʻshimcha sarlavhalar, raqamlar, jadvallar, xulosaviy fikrlar kabi boshqa muhim xususiyatlarga eʼtibor berishni tavsiya qiladi. Ushbu tekshirish bosqichi odatda atigi 3-5 daqiqani oladi, lekin u taqdim etilgan narsalarning asosini taqdim etadi. Oʻquvchi gʻoyalarni aniqlashi va bobning mazmuni boʻyicha savollarni shakllantirishi kerak.

2. Savol (Question — „Q“)

Oʻqish mazmuni boʻyicha savollar tuzing. Masalan, sarlavhalar va kichik sarlavhalarni savollarga aylantiring, soʻngra matn mazmunidan javob izlang. Boshqa umumiy savollar ham shakllantirilishi mumkin:

  • Bu bob nima haqida?
  • Ushbu bob qanday savolga javob berishga harakat qilmoqda?
  • Bu maʼlumot menga qanday yordam beradi?

. 3. Oʻqish (Read — R1)

Faol oʻqishni boshlash uchun „S“ va „Q“ bilan bajarilgan oldin aniqlagan narsalaringizdan foydalaning. Bu „Q“ ostida berilgan savollarga javob berish uchun oʻqishingizni anglatadi. Aksincha, agar siz passiv oʻqishda davom etsangiz, oʻquv materiali bilan shugʻullanmasdan, shunchaki oʻqishga olib keladi.

4. Bayon etish(Recite — R2)

Ikkinchi „R“ — „Read“ deb nomlanuvchi qismga ishora qiladi. Oʻquvchi oʻrganilgan narsalarni boshqa birovga maʼlumot toʻgʻrisida aytib bergandek, xotiradan oʻziga aytib berishga harakat qilishi kerak. Oʻquvchi materialni shakllantirishi va tasavvur hosil qilishi uchun uchun oʻz soʻzlaridan foydalanishi muhimdir. „Q“ bosqichidagi asosiy qismlarni (sarlavha/pastki sarlavhalar) eslab koʻring va savollarga javoblarni aniqlang. Ushbu takrorlash bosqichi ogʻzaki yoki yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin va material uchun uzoq muddatli xotirani kuchaytirishda ham foyda berishi mumkin.

5. Qayta ko‘rib chiqish (Review — R3)

Yakuniy „R“ — „Qayta koʻrib chiqish“. Parchaning oxiriga yetganingizdan soʻng, oʻz soʻzlaringiz bilan parchaning maqsadi nima ekanligini oʻzingizga takrorlab, materialni qayta koʻrib chiqing. Keyin savollar toʻplamidagi ikkinchi jarayonni takrorlashingiz mumkin[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Robinson, Francis Pleasant. Effective Study, 6th, New York: Harper & Row, 1978. ISBN 978-0-06-045521-7. 
  2. Gunning, T.G.. Creating Literacy Instruction for All Children, 4th, Allyn & Bacon, 2002. ISBN 978-0-205-35539-6. 
  3. „Reading Course Textbooks“. Office of Academic Support & Counseling. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  4. „SQ3R: SAT Active Reading Strategies (Part 1) (Article)“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.