Sankt-Peterburg davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SPDUdan yoʻnaltirildi)
Sankt-Peterburg davlat universiteti
Asos solingan 1819-yil

Sankt-Peterburg davlat universiteti (ruscha: Санкт-Петербургский государственный университет) — Rossiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri, ilmiy markaz.

1819-yil Bosh pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. 1820-yil ochilgan. Dastlab falsafayuridik, tarixfilol., fizikamatematika ftlari boʻlgan. 1854-yil sharq tillari fakulteti tashkil etilgan. universitet podsho Rossiyasining yetakchi ilmiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. universitetda N. G. Chernishevskiy, D. I. Pisarev, I. P. Pavlov, K. A. Timiryazev, I. I. Mechnikov, N. N. MikluxoMaklay, V. V. Veresayev, A. A. Blok, D. Bedniy, A. S. Serafimovich, A. N. Benua, M. A. Vrubel, M. I. Glinka, A. K. Glazunov, V. I. Kachalov va boshqa taʼlim olgan. 20-asrning 60y.laridan 2 oʻkuvilmiy majmua (Vasilyev o. va Petrodvorets) tizimidir. Fizika, mat., kimyo, biol., geologiya, geogr., tarix, falsafa, psixologiya, filol., sharqshunoslik, siyosatshunoslik, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. universitetda 17 ft, 200 ga yaqin kafedra, 10 ilmiy tadqiqotlar instituta, 200 ilmiy tadqiqotlar laboratoriya va stansiya, rasadxona, 2 muzey, ilmiy kutubxona (4 mln.dan ortiq asar), nashriyot, rus tili markazi, bir nechta institut, oliy ped. kursi, gimnaziya, instituternatmaktab bor. universitetda 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 4 mingdan ortiq ilmiy pedagogik xodim ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil