Sirka kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SN3SOONdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sirka kislota (metankarbon kislota), CH3COOH — o'tkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrog'i 98— 99% li) Sirka kislota muzga o'xshaganligi uchun "muz" kislota deb qam ataladi. Suyuqlanish temperaturasi 16,75%, qaynash temperaturasi 118,1°, zichligi 1055 kg/m³ (15°da). Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. Sirka kislota — insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil boʻladi). Atsetaldegidnn oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik boʻyagichlar i.ch.da va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Sirka kislota bugʻlari nafas yoʻllari shilliq pardasini yalligʻlantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.