Metil spirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SN3ONdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Metil spirt (metanol , karbinol, yogoch spirti), SN3ON— rangsiz, suv bilan yaxshi aralashadigan suyukdik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Mol. m. 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20°da), qaynash temperaturasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid bilan aze-otrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar bilan metilitlar, kislotalar bilan efirlar hosil qiladi. 500—600°da kumush, mis yoki baʼzi metallar oksidlari ishtirokida havo kislorodi bilan formaldegidgacha oksidlanadi, uglerod (P)-oksid va vodorod aralashmasi bilan etanol yoki boshqa spirtlarga aylanadi. Metil spirt sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi.

Metil spirt formaldegid ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qoʻshiladi. Metilmetakrilat, metilaminlar, dimetiltereftalat, metilformiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bugʻlaridan nafas olganda organizmni zaharlaydi, koʻzni koʻr qiladi. Shuning uchun Metil spirt olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ishchilarni vaqt-vaqt bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish zarur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil