Kontent qismiga oʻtish

SHA-1

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xavfsiz xesh algoritmlari
Konsepsiyalar
xesh funksiyalar, SHA, DSA
Asosiy standartlar
SHA-0, SHA-1, SHA-2, SHA-3

Kriptografiyada SHA-1 (Xavfsiz Xeshlash Algoritmi 1) – kiritilgan maʼlumotni qabul qilib, 160 bitli (20 baytli) xesh qiymatini yaratadigan xesh funksiyasidir. Bu qiymat xabar digesti deb atalib, odatda 40 ta oʻn oltilik raqam koʻrinishida ifodalanadi. SHA-1 Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Xavfsizlik Agentligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, AQSh Federal Axborotni Qayta Ishlash Standarti hisoblanadi[1]. Algoritm kriptografik jihatdan buzilgan boʻlsa-da, hali ham keng qoʻllanilmoqda[2][3][4][5][6][7][8].

2005-yildan beri SHA-1 yaxshi moliyalashtirilgan raqiblarga qarshi xavfsiz deb hisoblanmaydi[9]. 2010-yildan boshlab koʻplab tashkilotlar uni almashtirishni tavsiya etishgan[10][8][11]. NIST 2011-yilda SHA-1 dan foydalanishni rasman eskirgan deb eʼlon qildi va 2013-yilda undan raqamli imzolar uchun foydalanishni taqiqladi hamda 2030-yilgacha undan toʻliq voz kechish kerakligini bildirdi. 2020-yilga kelib, SHA-1 ga qarshi tanlangan prefiks hujumlari amaliyotda qoʻllanila boshlandi[12] (2020-yil xolatiga koʻra), chosen-prefix attacks against SHA-1 are practical.[4][6]. Shu sababli, mahsulotlardan SHA-1 ni iloji boricha tezroq olib tashlash va uning oʻrniga SHA-2 yoki SHA-3 dan foydalanish tavsiya etilgan. SHA-1 ni almashtirish, ayniqsa, u raqamli imzolar uchun ishlatiladigan joylarda juda muhimdir.

2017-yilda barcha yirik veb-brauzer ishlab chiqaruvchilari SHA-1 SSL sertifikatlarini qabul qilishni toʻxtatdilar[13][7][2]. 2017-yil fevral oyida CWI Amsterdam va Google SHA-1 ga qarshi toʻqnashuv hujumini amalga oshirganliklarini eʼlon qilishdi va bir xil SHA-1 xeshini hosil qilgan ikkita turli PDF fayllarini eʼlon qilishdi[14][15]. Biroq, SHA-1 hali ham HMAC uchun xavfsiz hisoblanadi[16].

Microsoft 2020-yil 3-avgustda Windows Update uchun SHA-1 kod imzolashni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatgan[17]. Bu esa Windows 2000 dan Vista gacha, shuningdek Windows 2000 Server dan Server 2003 gacha boʻlgan Windows Server versiyalari kabi SHA-2 ga yangilanmagan Windows versiyalari uchun yangilash serverlarini amalda tugatdi.

  • Kriptografik xesh funksiyalarni taqqoslash
  • Xesh funksiyasining xavfsizlik xulosasi
  • Xalqaro kriptologik tadqiqotlar assotsiatsiyasi
  • Xavfsiz xesh algoritmlari
  1. „Secure Hash Standard (SHS)“. National Institute of Standards and Technology (2015). DOI:10.6028/NIST.FIPS.180-4. 2020-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „The end of SHA-1 on the Public Web“ (en-US). Mozilla Security Blog (2017-yil 23-fevral). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  3. „SHA-1 Broken – Schneier on Security“. www.schneier.com.
  4. 4,0 4,1 „Critical flaw demonstrated in common digital security algorithm“ (en-US). Nanyang Technological University, Singapore (2020-yil 24-yanvar).
  5. „New Cryptanalytic Results Against SHA-1 – Schneier on Security“. www.schneier.com.
  6. 6,0 6,1 Leurent, Gaëtan; Peyrin, Thomas „SHA-1 is a Shambles First Chosen-Prefix Collision on SHA-1 and Application to the PGP Web of Trust“. Cryptology ePrint Archive, Report 2020/014 (2020-yil 5-yanvar).
  7. 7,0 7,1 „Google will drop SHA-1 encryption from Chrome by January 1, 2017“ (en-US). VentureBeat (2015-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  8. 8,0 8,1 Stevens, Marc; Karpman, Pierre; Peyrin, Thomas „The SHAppening: freestart collisions for SHA-1“. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  9. Schneier, Bruce „Schneier on Security: Cryptanalysis of SHA-1“ (2005-yil 18-fevral).
  10. „NIST.gov – Computer Security Division – Computer Security Resource Center“. 2011-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
  11. Schneier, Bruce „SHA-1 Freestart Collision“. Schneier on Security (2015-yil 8-oktyabr).
  12. NIST (2022-yil 15-dekabr). „NIST Retires SHA-1 Cryptographic Algorithm“ (en). Press-reliz.
  13. Goodin, Dan „Microsoft to retire support for SHA1 certificates in the next 4 months“ (en-us). Ars Technica (2016-yil 4-may). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  14. „CWI, Google announce first collision for Industry Security Standard SHA-1“. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  15. Stevens, Marc; Bursztein, Elie; Karpman, Pierre; Albertini, Ange; Markov, Yarik (2017). "The First Collision for Full SHA-1". in Katz, Jonathan; Shacham, Hovav. Lecture Notes in Computer Science. 10401. Advances in Cryptology – CRYPTO 2017. Springer. pp. 570–596. doi:10.1007/978-3-319-63688-7_19. ISBN 9783319636870. https://shattered.io/static/shattered.pdf. 
  16. Barker, Elaine (May 2020). Recommendation for Key Management: Part 1 – General, Table 3 (Technical Report). NIST. 56-bet. doi:10.6028/NIST.SP.800-57pt1r5.
  17. „SHA-1 Windows content to be retired August 3, 2020“. techcommunity.microsoft.com. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.