Salitsil kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S7N6O3dan yoʻnaltirildi)

Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o karboksifenol, C₇H₆O₃ — oddiy aromatik oksikislota, rangsiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyuqlanish temperaturasi 159°, qaynash temperaturasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) bilan qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi. Anilin bilan reaksiyaga kirishganda salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega boʻlganligi uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab ishlatiladi. Analitik kimyoda ham qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil, izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim ahamiyatga ega.

Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va sirka kislotaning murakkab efiri — aspirin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil