Benzoil xlorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S6n5sos1dan yoʻnaltirildi)

Benzoil xlorid (benzoy kislota xlorangidridi), С6Н5СОСl — organik birikma. Mol. m. 140,52; xavoda tutaydigan oʻtkir hidli rangeiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 197,2°, zichligi 20° da 1212 kg/m1; efir, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan gidrolizlanganda benzoy kislota, qaytarilganda esa benzoy aldegid hosil boʻladi. Benzotrixlorid S6N5SS13 ni qisman gidrolizlab, shuningdek benzoy kislotaga mineral kislotalar xlor angidridlari (PCI5, PC13, SOC12, SO,CI2) ni taʼsir ettirib olinadi. Benzoil xlorid aminlar, spirtlar, fenollarni benzoillash (S6N3SO guruhini kiritish)da, benzoil peroksid va indigoid rangdor moddalar ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. Benzoil xlorid bugʻlari pafas yoʻllari va terini yalligʻlantiradi, koʻzdan yosh oqizadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil