Toluol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S6n5sn3dan yoʻnaltirildi)

Toluol (ispancha tolu — Tolu balzami — shundan ilk bor T. olingan), metilbenzol, S6N5SN3 — aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyukdik, benzol hidi keladi; qaynash temperaturasi 110,6°; zichligisi va koks gazida boʻladi. Sanoatda neft fraksiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi.

Issiqqa chidamli. Piroliz natijasida murakkab uglevodorodlar (benzol, ditolil, naftalin, antratsen) hosil boʻladi. T.ni radiolizlab, ditolil, benziltolil, dibenzil olinadi. T.ni 500—700° da vodorod bosimi (40—60 atm) ostida dimetillab, undan sanoatda benzol ishlab chiqariladi. T.ni katalitik oksidlab, benzil spirt, benzaldegid, benzoy kislota, malein angidrid hosil qilinadi.