Stirol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S6n5sn=Sn2dan yoʻnaltirildi)

Stirol (feniletilen, vinilbenzol, etinil benzol, sinnamen), CH2=CH- C6H5 — aromatik uglevodorod, oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Mol. m. 104,14gr. Suyuqlanish temperaturasi —30,628C°, qaynash temperaturasi 145,2C°, zichligi 906 kg/m³ (20C° da). Metanol, etanol, atseton, efirlar, uglevodorodlar, sirka kislotada eriydi, suvda erimaydi. Oʻzi ham koʻpchilik organik moddalarni yaxshi eritadi. Oʻsimlik smolasi (stiraks)da, natural gaz va boshqa uglevodorod gazlari pirolizi mahsulotlarida, neft mahsulotlarini krekinglash va pirolizlash mahsulotlarida, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir smolalarida, slanets moyida va gʻ.k.da boʻladi. S. kimyoviy reaksiyalarga shiddatli kirishadi, polimerlanadi. S, asosan, polistirol, shuningdek, turli sopolimerlar, mas, butadiyenstirol kauchuklar, poliefir smolalar ishlab chiqarish.da qoʻllanadi; stirolning divinilbenzol bilan sopolimerlari ion almashinuvchi smolalar sifatida ishlatiladi.

S.ning bugʻlari shilliq pardalarga taʼsir etadi, uning havoda ruxsat etiladigan konsentratsiyasi 5 mg/m³. S. sanoatda, asosan, 500—630C° trada suv bugʻi oqimida etilbenzolni katalitik degidrogenlab olinadi va seks dan sōng ishlatiladigan suyuqlik.