Fenolftalein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S20N4O4dan yoʻnaltirildi)

Fenolftalein, Dioksiftalofenon, S20N4O4 — hidsiz, taʼmsiz, rangsiz kristall modda. Mol.m. 318,33. Suyuqlanish tempraturasi 43°C. Suvda oz, spirtda yaxshi eriydi. Fenolni ftal angidrid bilan kondensatlab olinadi. F. trifenilmetan boʻyagichlar guruhiga kiradi. Analitik kimyoda kislota va ishqorlarni titrlashda indikator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda surgi dori sifatida ishlatiladi. Surunkali ich qotishda tarkibida 0,1g F. boʻlgan tabletkalar (purgen) buyuriladi.