S.L. Benfica
| Benfica | ||||
| Musobaqasi | Primeira Liga | |||
|---|---|---|---|---|
| Mavsumi | 2024–25 | Primeira Liga, 2nd of 18 | ||
|
| ||||
Sport Lisboa e Benfica (ispancha talaffuzi: [sɨˈpɔɾ liʒˈβoɐ i βɐ̃jˈfikɐ]), odatda qisqacha Benfica nomi bilan tanilgan, Portugaliyaning Lissabon shahrida joylashgan professional futbol klubi hisoblanadi. Klub Primeira Ligada, ya’ni Portugaliya futbolining birinchi ligasida ishtirok etadi.
1904-yil 28-fevralda Sport Lisboa nomi bilan tashkil etilgan. Benfica Portugaliyadagi “Katta Uchlik” klubidan biri bo‘lib, Primeira Ligadan hech qachon tushirilmagan, bu ro‘yhatda raqobatchilari Sporting CP va FC Porto ham mavjud. Benficaning laqablari As Águias (“Burgutlar”) — klub gerbi ustidagi ramzga ishora qiladi va Os Encarnados (“Qizillar”) — jamoa libosining rangidan kelib chiqqan. 2003-yildan beri klubning uy stadioni sifatida Estádio da Luz faoliyat yuritadi; u 1954-yilda qurilgan avvalgi kattaroq stadionning o‘rnini egallagan. Benfica Portugaliyadagi eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanadigan klub bo‘lib, shuningdek, o‘z mamlakatidagi muxlislar ulushi bo‘yicha Yevropadagi yetakchi klublardan hisoblanadi. 2006-yilda klubning dunyo bo‘ylab taxminan 14 million muxlisi mavjud edi va 2025-yil fevralda a’zolari soni 400,000 ga yetib, uni a’zolik bo‘yicha dunyodagi eng yirik sport klubiga aylantirdi[1][2]. Klubning madhiyasi “Ser Benfiquista” Benficaning muxlislariga bag‘ishlangan. Klubning shiori “E pluribus unum” bo‘lib, maskoti esa Águia Vitória hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pereira 2009, ss. 220–221.
- ↑ „Benfica anunciou ter chegado aos 400 mil sócios“ (pt). Observador (2025-yil 26-fevral). Qaraldi: 2025-yil 17-mart.