Suriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sėrėjėdan yoʻnaltirildi)
Suriya Arab Respublikasi
ShiorY'o`q
Madhiya: "حماة الديار"
(Humot ad-Diyor)
Location of Suriya
Poytaxt Damashq
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
• Prezident
Bashshor Asad
Husayn Arnus
Mustaqillik (Millatlar Ligasi mandatidagi Fransiya ma'muriyatidan)
• Sana
17-aprel 1946
Maydon
• Butun
185,180 km2 (88-oʻrin)
• Suv (%)
1.1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
18,448,752 (55-oʻrin)
• Zichlik 99/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$63,310 mil. (68-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$3,432
Pul birligi Suriya funti (SYP)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma SY
Telefon prefiksi 963
Internet domeni .sy

Suriya (arabcha: سُورِيَا, Sūriyā), Suriya Arab Respublikasi (arabcha: الجمهورية العربية السورية, al-Jumhūriyya l-‘Arabiyya s-Sūriyya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Maydoni 185,2 ming km². Aholisi 17,2 million kishi (2002). Poytaxti – Damashq shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. 2011-yilda boshlangan Arab bahori natijasida mamlakatda siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Hozirgi kunda mamlakatda notinchlik hukum surmoqda.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil 12 martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Bashshor Asad), u milliy referendumda 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitogʻlikdan, ozrogʻi pasttekislik (eni 20–30 km)dan iborat. Gʻarb va janubda Antilivan togʻ tizmasi va balandligi 2814 m gacha boʻlgan Ash-Shayx togʻi joylashgan. Suriya hududining katta qismini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. Gʻarbda Ansoriya va Az-Zaviya togʻ tizmalari, janubi-gʻarbda Ad-Duruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. Suriya hududining janubi-sharqini Suriya choʻlining bir qismi, shimol-sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va boshqa konlar bor. Iklimi Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yogʻingarchilik koʻp, yozi quruq. Oʻrtacha tempatura yanvarda 12°, avgustda 27°; yillik yogʻin 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining Suriya hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari – Xobur va Balix. Shimoli-sharqiy chegara boʻylab Dajla daryosi oʻtadi, shimoli-gʻarbda Oʻrta dengiz havzasiga mansub boʻlgan Osi daryosi va shimolda Hims koʻli bor. Platoda boʻz tuproqli qumloqqumoq choʻllar, janubda toshloqshagʻalli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda shoʻrxok yerlar uchraydi. Sharqiy Tavr togʻ oldi boʻz jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz boʻyida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va togʻoʻrmon tuproqli yerlar boshlanadi. Ansoriya togʻining sharqiy yon bagʻrida togʻ dashtlari uchraydi. Sohil va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻrmonlarda eman, qaragʻay, sarv daraxtlari oʻsadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudraluvchilar, togʻlarda suriya ayigʻi, toʻngʻiz, oʻrmon mushugi va boshqalardan iborat.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining 90% arablar (suriyaliklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til – arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, shuningdek shialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Loziqiya.

Qadimgi Suriya Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning koʻp qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633–40 yillarda Arab xalifaligi, 1516-yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818-yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832–40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840-yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918-yil okabrda Suriyani ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919-yil Angliya Fransiya kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928-yil Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930-yil mayda Suriya respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943-yil dekabrda bekor qilindi. 1946-yil 17 apreldagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958-yil Suriya Misr bilan yagona davlat – Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961-yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963-yil 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, Suriya Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baʼs) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971-yil 12 martdan Hofiz Asad prezident boʻldi.

1967-yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973-yil oktabrda Suriya boshqa arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S– 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 28 dekabrda tan olgan va 1992-yil 24 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 17 apr, – Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baʼs), 1947-yil aprelda Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954-yildan xoz. nomda; Suriya kommunistik partiyasi, 1924-yil tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972-yil asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. Suriya ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938-yil tuzilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya – agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 53%.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va boshqa subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.

Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi zavodlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va boshqalar), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal zavodi, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Damashq, Halab, Hims, Loziqiya, Tartus. Transport yoʻli uzunligi – 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari –39,2 ming km, neft quvurlari – 805 km. Asosiy dengiz portlari – Loziqiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Oʻrta dengiz sohiliga tortib kelingan koʻpgina neft quvurlari Suriya hududidan oʻtadi. Suriya chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari, teri, jun va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va boshqa keltiradi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gretsiya bilan savdo qiladi. Suriyaning Oʻzbekiston Respublikasi bilan 2002-yildagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi – suriya funti.

Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriyada tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi universitetda veterinariya fakulteti ochilgan.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. Suriyada 4 universitet va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari Damashq universiteti (1923), Halabdagi universitet (1960), Himsdagi universitet (1979), Loziqiyadagi universitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va boshqa] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. Damashqda universitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Loziqiyada Milliy kutubxona (1944), Damashqda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976–77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy gaz. va jurnalilari: "As-Savra" ("Inkilob", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Al-Baʼs" ("Uygonish", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Al-Jamohir al-Arabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nizol ash-Shaʼb" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gazeta, 1934-yildan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1981-yildan), "Al-Fido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Al-Muhandis al-Arabiy" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan), "Nizol al-Fallohin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965-yildan). Suriya arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965-yil asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946-yil tuzilgan.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8–7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2–14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda Abu Tammom, Al-Buhturiy, Al-Mutanabbiy, Abu Firos sheʼrlari va Abulʼalo al-Maarriyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-asr oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan Suriya arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi Fransis Marrosh, Rizqolloh Hassun, Abdurahmon al-Kavokibiy va Adib Ishoq bu harakatga bosh boʻldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardambek, Salim al-Jundiy va boshqalar) Damashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Xayriddin az-Zirikli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon al-Ahmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951-yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutoʼ Safadiy, Zakariyyo Tomir) yaratildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriyaning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada – hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16–14-asrlardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-asrda Ossuriya, mil. av. 4-asrdan mil. 4-asrgacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).

5–6-asrlarda Suriyada mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shahbo qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7–8-asrlarda Suriya arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va boshqa barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-asr, Damashqdagi toqiravoqli jome masjid, 705–715 yillar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims shahri yaqinidagi Crac des Chevaliers qoʻrgʻoni, 12-asr). 13–15-asrlarda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.

Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516–1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-asrning 60–90yillarida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, Loziqiyadagi munitsipalitet binosi va boshqalar). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va boshqalar). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya xalq va anʼanaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi – maqomlar koʻp. Cholgʻu asboblari joʻrligida qoʻshiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, gʻijjak, qonun va boshqa cholgʻu asboblari koʻp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholgʻu asboblari ham kiritila boshladi. 1870-yil bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qoʻshiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxriyni koʻrsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-asr oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil al-Qabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930-yillar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari Suriya professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40 yillarda Damashqda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945–46). 1952-yil Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957-yilgacha tomosha koʻrsatdi. 1956-yil Damashqda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957-yil pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashqda arab milliy drama teatrining ochilishi Suriya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriyada birinchi kino seansi 1906-yilda boʻlgan. Birinchi toʻla metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rejissyor Ayyub Badri) badiiy filmi 1928-yil yaratildi. 30-yillarda "Damashq osmoni ostida" (rejissyor I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rejissyor A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 yil mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shugʻullandilar. 60 yillarning 2-yarmi va 70 yillarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rejissyor B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rejissyor T. Saloh), "Qoplon" (rejissyor N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va boshqa filmlar yaratildi. Shundan soʻng Yaqin Sharq mojarosiga bagʻishlangan "Teskari yoʻl" (rejissyor Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tugʻiladi" (rejissyor S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rejissyor B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari Suriya kinematografiyasining soʻnggi yillardagi muvaffiqiyatidir.