Süleymaniye hammomi
| Süleymaniye hammomi | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumot | |
| Turi | hammom |
| Joylashuvi | Istanbul, Turkiya |
| Dizayn va konstruksiya | |
| Meʼmor | Xoʻja Sinon |
| Süleymaniye hammomi | |
Süleymaniye hammomi – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy turk hammomi. Sulaymoniya masjidi majmuasining bir qismi. Bino Oltin Shox tomonga qaragan tepalikda joylashgan boʻlib, 1557-yilda turk meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan. Binoga uning qurilishiga buyruq bergan Sulton Sulaymonning nomi berilgan. Hammom baʼzan „Metallsozlar hamomi“ deb ham atalgan, chunki yaqin atrofdagi quyish zavodi ishchilari bu yerga koʻp tashrif buyurishgan[1].
Binoning ustki qismi gumbaz bilan qoplangan, tepa qismi kamar shaklida boʻlib, devorlari nafis marmar naqshlari bilan bezatilgan. Süleymaniye hamomi sovuq, iliq va issiq boʻlgan uch boʻlimdan iborat anʼanaviy hammom hisoblanadi. Issiq boʻlimdagi harorat 40–60 °C (104–140 °F) gacha yetadi. Meʼmor Sinon 1557-yildan 1588-yilgacha masjid majmuasi yaqinida yashagan davrida foydalanilgan deb aytiladigan shaxsiy hujra hanuzgacha saqlanib qolgan. Sulton uchun ajratilgan boshqa bir maxsus hujra keyinchalik yirik ilohiyot olimlari tomonidan foydalanilgan[1].
Bugungi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda hammom sayyohlarga xizmat koʻrsatish maqsadida taʼmirlangan[2]. Bugungi kunda bu hammom Istanbuldagi yagona hammom boʻlib, unda erkaklar va ayollar birga choʻmiladilar, bundan avval ushbu hammomda bu holat kuzatilmagan. Tellaklar nomi bilan ataluvchi erkaklar u yerda barcha mehmonlarga xizmat koʻrsatishadi[3], oʻtmishda bunday holat ham kuzatilmagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Yılmazkaya, Orhan. Turkish Baths: A Guide to the Historic Turkish Baths of Istanbul, 3rd, Istanbul: Çitlembik, 2006 — 79-80-bet. ISBN 9756663804.
- ↑ „History of Suleymaniye Hamam“. Süleymaniye Hamam. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ Dravid. „Turkish delight“. India Today (2009-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.