S&P Global Ratings
|
| |
| Turi | business unit va credit rating agency |
|---|---|
| Tarmogʻi | Moliyaviy xizmatlar |
| Egasi | S&P Global |
| Status | Sho‘ba korxona |
| Qachon asos solingan |
1860 1941 (hozirgi korporativ maqom) |
| Joylashuvi | Nyu-York shahri, Nyu-York, AQSh |
| Hududiy xizmati | Butun dunyo |
| Asoschi(lari) | Genri Varnum Pur |
| Rahbariyat | Jon Berisford |
| Daromadi | AQSh$ 2,61 milliard (2009)[1] |
| Aylanma daromadi | 5 661 000 001 |
| Ishchilar soni | 10 000+ |
| Vebsayti | spglobal.com/ratings/ |
| Til(lar)i | inglizcha |
S&P Global Ratings (oldin Standard & Poor’s, qisqacha S&P nomi bilan tanilgan) — AQShdagi kredit reyting agentligi boʻlib, S&P Global korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Agentlik aksiyalar, obligatsiyalar va xomashyo bozorlari boʻyicha moliyaviy tahlillar va tadqiqotlar eʼlon qiladi. S&P — Moody’s Ratings va Fitch Ratings bilan bir qatorda „Katta uchlik“ reyting agentliklarining eng kattasi hisoblanadi[2]. Agentlikning bosh ofisi Nyu-York shahrining Manxetten tumanidagi 55 Water Street manzilida joylashgan[3].
Korporatsiya tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kompaniyaning tarixi 1860-yilga borib taqaladi, oʻshanda Henry Varnum Poor tomonidan „History of Railroads and Canals in the United States“ („AQShdagi temir yoʻllar va kanallar tarixi“) nomli kitob nashr etilgan. Ushbu asarda AQSh temir yoʻl kompaniyalarining moliyaviy va operatsion holati haqida batafsil maʼlumotlar jamlangan edi.
1868-yilda Henry Varnum Poor oʻgʻli Henry William Poor bilan birgalikda H. V. and H. W. Poor Co. kompaniyasini tashkil etdi va har yili yangilanadigan ikkita nufuzli qoʻllanmani chop eta boshladi: „Poor’s Manual of the Railroads of the United States“ va „Poor’s Directory of Railway Officials“[4].
1906-yilda Luther Lee Blake temir yoʻl kompaniyalaridan tashqari boshqa korxonalar haqida moliyaviy maʼlumot taqdim etish maqsadida Standard Statistics Bureauni tashkil etdi. Yillik kitob nashr etish oʻrniga, Standard Statisticskompaniyasi 5×7 dyuymli kartochkalardan foydalanib, maʼlumotlarni tez-tez yangilash imkonini yaratgan.
1941-yilda Paul Talbot Babson Poor’s Publishing kompaniyasini sotib olib, uni Standard Statistics bilan birlashtirdi. Shu tariqa Standard & Poor’s Corporation tashkil topdi. 1966-yilda kompaniya The McGraw-Hill Companies tomonidan xarid qilinib, McGraw-Hillning moliyaviy axborot xizmatlari sohasiga kirib kelishini taʼminladi[5].
Kredit reytinglari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kredit reyting agentligi (CRA) sifatida kompaniya davlat va xususiy korxonalar, shuningdek, hukumatlar, davlat agentliklari va shaharlar kabi ommaviy qarzdorlarning qarz majburiyatlariga kredit reytinglari beradi. U AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (U. S. Securities and Exchange Commission) tomonidan milliy tan olingan statistik reyting tashkiloti (NRSRO) sifatida tasdiqlangan bir nechta kredit reyting agentliklaridan biridir.
Uzoq muddatli kredit reytinglari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| AAA | AA+ | AA | AA− | A+ | A | A− | BBB+ | BBB | BBB− |
| BB+ | BB | BB− | B+ | B | B− | CCC+ | CCC | CCC− | SD/D |
S&P qarz oluvchilarni AAA dan D gacha boʻlgan shkala (reyting darajalari) boʻyicha baholaydi. AA va CCC oraligʻidagi har bir daraja uchun oraliq reytinglar ham qoʻllaniladi (masalan, BBB+, BBB va BBB−). Baʼzi qarz oluvchilar yoki ularning chiqarilgan obligatsiyalari uchun kompaniya „kredit kuzatuvi“ (credit watch) deb ataluvchi qoʻshimcha yoʻriqnomani ham beradi. Bu yoʻriqnoma reytingning oshirilishi (musbat), pasaytirilishi (salbiy) yoki barqaror qolish ehtimolini koʻrsatadi.
Investitsiya darajasi
- AAA: Ushbu reytingga ega qarz oluvchi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarish boʻyicha juda kuchli qobiliyatga ega hisoblanadi. „AAA“ – bu Standard & Poor’s tomonidan beriladigan eng yuqori emitent kredit reytingidir.
- AA: Ushbu reytingga ega qarz oluvchi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarish boʻyicha juda kuchli qobiliyatga ega. U eng yuqori reytingga ega qarz oluvchilardan faqat kichik darajada farq qiladi. Quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- AA+: Moody’s tizimidagi Aa1 reytingiga teng – yuqori sifatli, juda past kredit xavfiga ega, biroq uzoq muddatli tavakkalchiliklarga nisbatan biroz sezuvchanroq.
- AA: Aa2 reytingiga teng.
- AA−: Aa3 reytingiga teng.
A: Ushbu reytingga ega qarz oluvchi (obligor) oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarish boʻyicha kuchli qobiliyatga ega, biroq yuqoriroq reytingdagi qarz oluvchilarga nisbatan iqtisodiy sharoitlar va holat oʻzgarishlarining salbiy taʼsiriga biroz koʻproq moyil hisoblanadi.
- A+: A1 reytingiga teng.
- A: A2 reytingiga teng.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „S&P | About S&P | Americas – Key Statistics“. Standard & Poor's. 2011-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
- ↑ Blumenthal, Richard. „Three Credit Rating Agencies Hold Too Much of the Power“. Juneau Empire – Alaska's Capital City Online Newspaper (2009-yil 5-may). 2011-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-avgust.
- ↑ „Corporate 55 Water Street New York New York“. Standard & Poor's (2013-yil 3-iyul). 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Corporations: Standard & Unpoor“ (1961-yil 13-oktyabr). 2011-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
- ↑ „A History of Standard & Poor's“. 2013-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.