Ruud Krol
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumot | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toʻliq ism | Ryudolf Yozef Krol | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Laqab | Krol | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana | 1949-yil 24-mart[1] | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 184 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ampula | chap qanot himoyachisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Ruud Krol[4] (niderlandcha: Ruud Krol) — gollandiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.Himoyachi sifatida oʻynagan. 1949-yil 24-martda Amsterdamda tugʻilgan. U faoliyatining katta qismini „Ayaks“da oʻtkazdi.Olti karra chempion va toʻrt karra Gollandiya kubogi sohibi. "Ayaks" tarkibida uch karra yevrokubok gʻolibi, ikki marta UEFA Superkubogi va bir marta qitʼalararo kubok gʻolibi.U shuningdek Kanadaning „Vankuver Uaytkeps“,Italiyaning „Napoli“ va Fransiyaning „Kann“ klublarida ham oʻynagan.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ruud Krol futbolchilik faoliyatini „Ayaks“ bosh murabbiyi Rinus Muxelsning maslahati bilan Amsterdamning „Ayaks“ jamoasida boshlagan.Oʻzining debyut mavsumida Ruud maydonda kam oʻynadi, ammo 1969-yilning yozida chap qanot himoyachisi Teo van Duyvenbode „Feyenoord“ klubiga oʻtganidan soʻng Ruud asosiy tarkibda koʻproq maydonga tusha boshladi. Krol asosiy tarkibning doimiy himoyachiga aylandi.Shunday qilib 1971-yilda „Ayaks“ UEFA Chempionlar kubogi finaliga chiqdi, unda „Panatinaikos“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi, ammo Krol oyogʻi singanligi sababli finalda oʻynamadi.
UEFA Chempionlar kubogining keyingi ikki finalida-1972 va 1973-yillarda Krol ishtirok etdi va UEFA Chempionlar kubogining uch karra gʻolibiga aylandi.Klubning asosiy yulduzlari Yoxan Kroyff,Yoxan Neskens va „Ayaks“ sardori Piet Kayzer jamoani tark etgandan soʻng aynan Krol „Ayaks“ sardori boʻldi.Ruud 1980-yilda „Ayaks“ni tark etgan va u yerda 332 oʻyin oʻtkazib 23 gol urgan.
Kanadaning „Vankuver Whitecaps“ klubiga koʻchib oʻtgan Krol 14 ta oʻyin oʻtkazdi va Kanada chempioni boʻldi.Shundan soʻng u Italiyaning „Napoli“ klubiga oʻtdi va u yerda toʻrt yil oʻynadi.Ruud futbolchilik faoliyatini Fransiyaning „Kann“ shahrida yakunlagan.Oʻsha paytda bu jamoa ikkinchi ligada oʻynardi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ruud Krol Gollandiya terma jamoasidagi debyutini 1969-yilda Angliyaga qarshi oʻtkazgan.1970-yillarda Krol „Ayaks“ va Gollandiya terma jamoasida koʻrsatgan oʻyin „Total futbol“ning bir qismi edi. Ruud koʻp qirrali himoyachi sifatida harakat qildi va hatto yarim himoyada ham oʻynay oldi. Krol terma jamoa uchun 83 ta oʻyin oʻtkazgan.1974 va 1978-yillardagi jahon chempionatlari, shuningdek 1976 va 1980-yillarda Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Ruud murabbiy boʻldi.Ruud murabbiylik faoliyatini Belgiyaning „Mexelen“ klubida boshlagan.U yerda bir yil ishlagan keyin Krol Shveytsariya „Servett“ klubiga yoʻl olgan va u yerda ham bir mavsum oʻtkazgan.
Krol Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal qoʻl ostida Gollandiya terma jamoasida yordamchi murabbiy, shuningdek Ronald Kuman qoʻl ostidagi „Ayaks“da yordamchi murabbiy boʻlgan.Keyinchalik 2005-yilda Kuman isteʼfoga chiqqanidan keyin „Ayaks“da vaqtinchalik murabbiy boʻlgan.Ruud 2006-yildan 2007-yilgacha Fransiya ikkinchi ligasida oʻynagan fransuzlarning „Ayachcho“ murabbiyi boʻlgan.
2007-yil avgust oyida Krol 1994-yildan 1999-yilgacha boshqargan Misrning „Zamalek“ klubiga qaytdi, biroq jamoada bir yil oʻtkazgandan soʻng u klubni tark etdi.Klub bilan 1996-yilda Afrika chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi va bir yildan soʻng 1997-yilda CAF Superkubogi,1999-yilda esa Misr kubogini
2008-yilda Krol Janubiy Afrikaning „Orlando Pirates“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab murabbiy boʻldi.
2012-yildan 2014-yilgacha Krol Tunisda ishlagan.U 2013-yilda milliy chempionat va CAF Konfederasiya kubogida gʻolib chiqqan „Sfaksien“ klublarini va 2014-yilda ham chempionlikni qoʻlga kiritgan „Esperans“ni boshqargan.2013-yilda Tunis terma jamoasini vaqtincha bosh murabbiyi sifatida boshqargan.
2014/15-yilgi mavsumda Krol Liviyada Tripolining „Al-Ahli“ jamoasini boshqargan.
2015-yilda u Marokashning „Raja“ klubini qisqa muddat boshqargan.
2016-yil boshida u Tunisga qaytib keldi va olti oy davomida mamlakat poytaxti jamoasi „Klub Afrika“ jamoasini boshqardi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Jahon chempionati kumush medali sovrindori-1974,1978
- Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori-1976
- "Ayaks"
- Gollandiya chempioni-1970,1972,1973,1977,1979,1980
- Gollandiya chempionatining kumush medali sovrindori-1969,1971,1978
- Gollandiya chempionatining bronza medali sovrindori-1974,1975,1976
- Gollandiya kubogi sohibi-1970, 1971, 1972, 1979
- Gollandiya kubogi finalchisi-1978,1980
- UEFA Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi-1970/71,1971/72,1972/73
- Yevropa kubogi finalchisi-1968/69
- UEFA Superkubogi sohibi-1972,1973
- Qitʼalararo kubok gʻolibi-1972
- "Napoli"
- Italiya chempionatining bronza medali sovrindori-1981
Murabbiylikda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Mechelen"
- Belgiya chempionatining bronza medali sovrindori-1989/90
- Misr olimpiya terma jamoasi
- Butun Afrika oʻyinlari chempioni-1995
- "Zamalek"
- Misr chempionatining kumush medali sohibi-1997/98
- Misr chempionatining bronza medali sovrindori-2007/08
- Misr kubogi sohibi-2007/08
- Afro-Osiyo kubogi sohibi-1997
- "Orlando Pirates"
- Janubiy Afrika chempioni-2010/11
- Janubiy Afrika chempionatining kumush medali sovrindori-2008/09
- Janubiy Afrika kubogi gʻolibi-2010/11
- Sakkizlik kubogi sohibi-2010
- "Sfaksien"
- Tunis chempioni-2012/13
- CAF Konfederasiya kubogi gʻolibi-2013
- "Esperance"
- Tunis chempioni-2013/14
- "Raja"
- UNAF klublar kubogi gʻolibi-2015
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bronza toʻp sohibi-1979
- „Oltin toʻp“ga nomzod-1977, 1978,1980,1981
- IFFHS talqiniga koʻra XX-asrda Yevropaning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida 79-oʻrin
- IFFHS talqiniga koʻra Niderlandiyaning XX-asrda eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida 5-oʻrin
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ruud Krol // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Ajax: Club van 100. (nid.) (nedostupnaya ssilka). AFC Ajax. Arxivirovano 3 noyabrya 2006 goda.
- ↑ North American Soccer League Players. (angl.). Nasljerseys.com. 15 marta 2012 goda.
- ↑ S tochki zreniya vosproizvedeniya zvuchaniya imeni v russkom yazike bolee tochnim variantom sleduet schitat Ryud Krol.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Profil na sayte FIFA.com (angl.)
- Profil igroka na worldfootball.net(olm.)
- Statistika matchey za sbornuyu Niderlandov na sayte voetbalstats.nl (nid.)
- Statistika na sayte vi.nl (nid.)
- Rud Krol na ofitsialnom sayte „Ayaksa“[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka) (nid.)
- Rud Krol na sayte „Planetworldcup.com“(ingl.)
- Statistika vistupleniy za sbornuyu na sayte „Rsssf.com“(ingl.)
- Profil igroka i profil trenera (angl.) na sayte Transfermarkt
- Profil trenera na sayte transfermarkt.com(ingl.)