Ruud Gullit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruud Gullit[1] (niderl.Ruud Gullit) — gollandiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.1962-yil 1-sentyabrda Niderlandiyaning Amsterdam shahrida tugʻilgan.Gullit kuchli zarbaga, ajoyib driblinga, maydonni koʻra olish qobiliyatiga ega koʻp qirrali futbolchi edi.U boshi bilan yaxshi oʻynab va himoyada oʻynashni koʻp mashq qildi.

IFFHS talqini boʻyicha XX asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 18-oʻrinda.World Soccer jurnali talqini boʻyicha XX asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 29-oʻrinda.Placar talqini boʻyicha futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar orasida 31-oʻrinda[2].Planete Foot[3] va Voetbal International[4],shuningdek FIFA 100 ga koʻra futbol tarixidagi eng yaxshi 50 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruud Gullit (tugʻilgandagi ismi Ruud Deal) 1962-yil 1-sentyabrda Amsterdamda tugʻilgan.Ruudning ota-onasi Surinamlik muhojir Jorj Gullit va uning xotini Mariya Deal[5] edi.Ruudning otasi maktabda iqtisod fanidan dars bergan, qonuniy oilasidan uch farzandi bor edi.Lekin Ruud akasi va singlisi bilan tez-tez uchrashib turardi.Otasi Ruudni onasini doimo moddiy jihatdan taʼminlab turardi.Holbuki Ruudni onasi Amsterdam davlat muzeyida farrosh boʻlib ishlagan[6].

Gullitning futbolchi sifatida shakllanishida Amsterdamning Yordan tumanidagi koʻcha futboli muhim rol oʻynadi.Uning birinchi jamoasi „Meyerboyz“ yoshlar jamoasi boʻlib, unga 1970-yil qoʻshilgan edi.Ruud 10 yoshga toʻlganda oila Yordanda yashagan 6,5 ga 4 metr oʻlchamdagi xonasidan[7] Amsterdamning Aud West tumaniga koʻchib oʻtdi.U yerda Ruud koʻcha futbolini davom ettirdi.Shu koʻcha futbolida u yana bir golland futboli afsonasi Frank Raykard bilan tanishdi.Shu bilan birga, kichkina Ruud terining rangi tufayli tazyiqlarga uchray boshladi:

Yoshligingizda jingalak sochli chiroyli bolasiz. Ammo yosh ulgʻaygan sayin, bu teri rangi muammoga aylanadi.12 yoki 13 yoshimda bir doʻstim qatnashgan janjalni tinchitishga harakat qilgandim. Politsiya bizni hibsga oldi. Menda maktab kitoblari bor edi va politsiyachi: „Oh, negr oʻqiyapti.Bu negr hisoblashni ham bilishi mumkin.“ dedi.Uyga borib onamga hammasini aytdim.U tashqariga chiqib ketib oʻsha politsiyachini topdi va unga tanbeh bera boshladi.Onam esa oq tanli boʻlgani uchun ham politsiyachi hayron boʻlib, xijolat tortdi.U onasi oq tanli qora tanli bolani haqorat qilishni istamasdi[7].

Gullitning mahalliy DVS jamoasidagi oʻyini Gollandiya yoshlar terma jamoasi murabbiylarining eʼtiborini tortdi va u yerda boʻlajak yulduzlar Ervin va Ronald Kumanlar bilan birga oʻynay boshladi.Aynan DVSda ishlagan vaqtida Ruud otasining familiyasini birinchi marta ishlata boshlagan, chunki onasining familiyasi golland tilida haqoratli soʻzga oʻxshardi[5].Biroq, u rasman onasining familiyasini saqlab qoldi va Ruud Deal deb shartnomalarini imzolashda davom etmoqda.

Gullit Gollandiya yoshlar terma jamoasidagi oʻyinlaridan soʻng unga „Ayaks“ futbol akademiyasidan qoʻngʻiroq qilib, ota-onasi bilan futbolchining jamoaga qabul qilinishi haqida gaplashishni taklif qilishdi. Ammo ota-onasi ishda boʻlganligi uchun Ruud klub vakillariga oʻzlari kelishini taklif qildi, lekin ular oʻzi kelishi kerakligini taʼkidladi[7].Gullit keyinroq shunday deb eslaydi: "Oʻsha kundan boshlab meni „Ayaks“ni yomon koʻradi deyishadi, lekin bunday fikrga hech qachon kelmaganman.Ular meni xohlashdi, lekin men ota-onam bilan ularga borishim kerak ekan.Umrimda bundan ahmoqona gap eshitmaganman[6].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Haarlem"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yilda Gullit Niderlandiya chempionatining „Haarlem“ klubi bilan professional shartnoma imzoladi[8] va tez orada asosiy jamoada debyut qildi.16 yoshida Niderlandiya chempionati oliy divizioni tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi[9]."Haarlem"dagi birinchi mavsumida jamoa chempionatda oxirgi oʻrinni egalladi va ikkinchi divizionga tushib ketdi.Keyingi yili „Haarlem“ ikkinchi ligada birinchi oʻrinni egallab, katta ligaga qaytdi va Gullit ikkinchi divizionning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi[10]. 1981/82-yilgi mavsumda Gullit yaxshi formada edi, jamoa chempionatda 4-oʻrinni egalladi va klub tarixida birinchi marta Yevrokuboklar yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.Shu bilan birga,Gullit keyinchalik faoliyatidagi eng yaxshisi deb ataydigan golga mualliflik qildi: „Utrext“ga qarshi oʻyinda men toʻrt nafar himoyachi va darvozabonni aldab oʻtdim va gol urdim.Bu men uchun unutilmas gol boʻldi[11]. „Haarlem“ning murabbiyi ingliz Barri Xyuz yosh Gullitdan shunchalik hayratda ediki, uni „Gollandiyalik Dunkan Edvards“ deb atadi[10].

"Feyenoord"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullit 1982-yil

1982-yilda Gullit 550 ming dollarlik transfer evaziga „Feyenoord“ga oʻtdi.Oʻsha paytda jamoa tarkibida afsonaviy Yoxan Kroyff bor boʻlib, u bilan klub chempionlikni ham, Niderlandiya kubogini ham qoʻlga kiritgan[8].Gullitning jamoadagi birinchi mavsumida „Feyenoord“ sovringa erisholmadi, ammo keyingi yili chempionlikni ham, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi[8].1984-yilda Gullit Niderlandiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. „Feyenoord“da Ruud yarim himoyada oʻynadi, „Haarlem“da esa odatda libero[12] sifatida oʻynardi. „Feyenoord“da ham Gullit irqiy janjal markazida boʻlgan.Murabbiy Teys Libregts goʻyoki Gullitni „qora“ deb atagan, garchi Libregts bu voqeani shunchaki laqab sifatida aytganini taʼkidlagan boʻlsada[13].

"PSV" Eyndxoven[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda Gullit 600 ming dollar evaziga „PSV“ klubiga oʻtdi va buning uchun u yana Niderlandiyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.Ruud 1987-yilda klubga Niderlandiya chempionligini qaytarib olishga va uni himoya qilishga yordam berdi[8]. Aynan „PSV“da Gullit oʻzini jahon darajasidagi futbolchi sifatida koʻrsatdi va oʻziga xos soch turmagi bilan ham koʻpchilikning xotirasida qoldi.Shu bilan birga „Feyenoord“ muxlislari Gullitni „PSV“ga pul uchun oʻtib ketganlikda ayblab uni „boʻri“ deya tanqid qila boshlashdi[14].

"Milan"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yilda Italiyaning „Milan“ klubi prezidenti Silvio Berluskoni Gullitni oʻz jamoasiga oʻtishi uchun oʻsha vaqtdagi rekord summa-8,9 million dollar toʻladi.Futbolchining yangi jamoadagi sheriklari u yoshligidan tanigan hamyurtlari Marko van Basten va Frank Raykard, shuningdek, Paolo Maldini va Franko Baresi edi.Niderlandiyalik trio „Milan“ning hujumkor chizigʻi asosini tashkil etdi.1950—1960-yillarda „Milan“ tarkibida oʻynagan afsonaviy shved triosi „Gre-No-Li“ bilan raqobatlasha oladigan trio edi.

Avvaliga Gullit italyan tilini bilmagani va avval chet elda yashamaganligi uchun moslashishda qiynalgan[15]. Biroq,Italiyadagi birinchi mavsum natijalariga koʻra, futbolchi „Milan“ bilan skudettoni qoʻlga kiritdi va bu klubning soʻnggi 9 yildagi birinchi chempionligiga aylandi.1987-yilda „PSV“ va „Milan“ klublari tarkibidagi oʻyinlari sabab Gullit Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi sifatida „Oltin toʻp“ni oldi.Mukofotni esa oʻsha paytda Janubiy Afrika hukumati tomonidan qamoqqa olingan, aparteidga qarshi kurashgan Nelson Mandelaga bagʻishladi[16].Oʻshanda italiyaliklar xayron boʻlib: „Nelson kim?“ deb soʻrashdi.Gullit Mandelani kimligini tushuntirdi.Shunda ular: „Ux siyosiy bilimga ega futbolchi!“ deya xitob qildilar[7].

Ruud Gullit va Piter Bos

Avvaliga milanliklar bosh murabbiyi Arrigo Sakki hujum uchligida Gullit,Van Basten va Pietro Paolo Virdislardan foydalanadi.Keyinchalik van Basten jarohat olgandan keyin milanliklar ikki hujumchi bilan oʻynashga majbur boʻldi.Kelgusi mavsumdan boshlab „Milan“ sovrinlari roʻyxatiga Yevropa Chempionlar kubogini qoʻshib oldi. Gullit musobaqaning nimchorak finalida „Real Madrid“ ustidan 5:0 hisobida ajoyib gʻalaba qozonilgan oʻyinda jarohat oldi.Ammo u tezda sogʻayib va „Styaua“ga qarshi final oʻyinida (4:0) ikkita gol urdi qolgan ikki golni Van Basten urdi.Keyingi mavsumda „Milan“ oʻzining zafarli yurishini davom ettirdi va Yevropa Chempionlar kubogi finalida „Benfika“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, Yevropa Chempionlar kubogi chempioni unvonini himoya qildi.Ruud esa oʻyindagi Van Bastenning yagona goliga golli uzatma berdi[17].Ushbu mavsumda Gullit jarohati sabab 1989-yil iyunidan 1990-yil apreligacha jarohatdan davolandi.Bu vaqtda A Seriyada atigi ikkita oʻyin oʻtkazdi, ammo Yevropa Chempionlar kubogi finalida 90 daqiqa oʻynadi.

1990/91-yilgi mavsumda „Milan“ ketma-ket uchinchi Yevropa Chempionlar kubogini yutish uchun missiyasining yarim final bosqichida Fransiyaning „Marsel“ klubi tomonidan magʻlub etildi."San-Siro" da oʻtkazilgan birinchi oʻyinda jamoalar durang oʻynashdi.Ikkinchi oʻyinda esa „Milan“ soʻnggi daqiqalarda oʻtkazib yuborilgan gol evzaiga (0:1) magʻlub boʻlayotganda stadion chiroqlari oʻchib qoldi.Qisqa tanaffusdan soʻng stadion chiroqlari qayta tiklandi, ammo milanlik futbolchilar kiyinish xonasiga qaytib, oʻyinni davom ettirishdan bosh tortishdi.UEFA „Marsel“ga 3:0 hisobidagi texnik gʻalaba berdi. „Milan“ esa keyingi mavsumda Yevropa kuboklari musobaqalarida oʻynash huquqidan mahrum qilindi.

„Milan“ Italiya futbolida hamon gegemonlik qilishda davom etdi.1991/92 va 1992/93-yilgi mavsumlarda A Seriya gʻolibligini qoʻlga kiritdi.Birinchi mavsumda klub birorta magʻlubiyatga uchramay olgan chempionligida Gullit jamoada kichik rol oʻynadi.1992/93-yilgi Yevropa Chempionlar ligasining oʻsha „Marsel“ga qarshi „Milan“ning 0:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan final oʻyinida Gullit oʻyin qaydnomasiga ham kirgazilmaydi, chunki oʻsha davrdagi UEFA qoidalariga koʻra klublarga uchtadan ortiq xorijlik futbolchiga oʻyinda oʻynashga ruxsat berilmagan edi.Oʻsha vaqtda jamoada allaqachon Gullitdan tashqari Van Basten,Raykard va fransiyalik Jan-Per Papen bor edi.

"Sampdoriya"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Gullit ijara asosida „Samdoriya“ga oʻtdi va u yerda 4-raqamda harakatlana boshladi chunki jamoa yetakchisi Roberto Manchini 10-raqam ostida oʻynardi. 1993/94-yilgi mavsumda „Sampdoriya“ Italiya kubogida gʻolib chiqdi va A Seriyada uchinchi oʻrinni egalladi.Gullitning oʻzi esa „erkin rassom“[8] sifatida oʻynab, yangi jamoasida sobiq jamoasiga qarshi oʻyinda „Milan“ga (3:2) hal qiluvchi golni kiritdi.Mavsum davomida jami 15 ta gol urdi.Gullitning oʻyinlari shunchalik yaxshi ediki 1994-yilda „Milan“ kam oʻyin amaliyoti boʻlsada (8 ta oʻyinda 3 ta gol) uni jamoada olib qoldi.1994/95-yilgi mavsum tugashiga oz vaqt qolganda, u yana „Sampdoriya“ga yoʻl oldi va chempionatda jamoa bilan 8-oʻrinni egalladi.

"Chelsi"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullitning dastxati tushirilgan futbolka

1995-yil iyul oyida Gullit „Chelsi“ ga erkin agent maqomida oʻtdi.Oʻsha vaqtga kelib jamoa Premer ligada oʻrtamiyona klub edi.Ularning soʻnggi yillardagi eng katta gʻalabasi Angliya kubogi finali boʻldi.Murabbiy Glenn Xoddl avvaliga Gullitni libero[8] sifatida sinadi, gollandiyalik futbolchi unchalik yaxshi oʻynamadi, shundan soʻng uni oʻzi uchun qulay boʻlgan yarim himoya nuqtasiga oʻtkazdi.Gullit, Mark Xyuz va Dan Petresku kabi futbolchilar bilan imzolangan shartnoma sabab „Chelsi“ga Angliya kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi.Ammo bu tarkib bilan ham Premer ligada muvaffaqiyat qozonishga yetarli boʻlmadi.

Gullitning ingliz futbolidagi muommolaridan biri baʼzi jamoadoshlariga moslashishi qiyinligida edi."Men noqulay uzatma olaman, toʻpni boshqaraman, yoʻnalishga tushaman va oʻng qanot oʻyinchisiga uzatma beraman, lekin u bu uzatmani xoxlamaydi.Nihoyat Glenn menga: „Ruud, oʻzingizni yarim himoyada sinab koʻrsangiz yaxshi boʻlardi“[6]. Ammo Gullit bu pozitsiyada ancha oʻzini yaxshi xis qila boshladi va u liganing ikkinchi eng yaxshi futbolchisi boʻldi.

Gullit Londondagi davri, uning faoliyatidagi eng baxtli davr boʻlganini bir necha bor taʼkidlagan: "Mashinada Pikadilla maydoniga yetib borgunimcha barcha barcha manzaralarni koʻrib, uzoq vaqt davomida oʻzimni bunchalik baxtli his qilmagandim[6].Gullitning „Chelsi“ga oʻtishi Angliyadagi „legioner inqilob“ning bir qismi boʻlib, bu vaqtga kelib Yurgen Klinsman,Janfranko Zola,Dennis Bergkamp kabi koʻplab dunyo yulduzlari Premer ligaga kelib uning nufuzini oshishiga hizmat qildi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Chelsi"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullit „Los-Andjeles Galaxy“ bosh murabbiyi sifatida

1996-yilning yozida Glenn Xoddl Angliya terma jamoasini boshqarish uchun klubni tark etganda jamoani boshqarish uchun murabbiylikka Gullit tayinlandi.Oʻzining ilk mavsumida u klub bilan Angliya kubogida gʻalaba qozondi.Bu yutuq 26 yildagi ilk sovrin edi.Gullit britaniyalik boʻlmagan birinchi murabbiyga aylandi."Chelsi" Angliya chempionatida 6-oʻrinni egalladi.Keyingi mavsumda klub Premer ligada 2-oʻrinni egalladi.Ikkala Angliya kubogida chorak finalga qadar yetib kelgan boʻlsada Ruud isteʼfoga chiqarildi.Bunga direktorlar kengashi bilan kelishmovchilik sabab boʻlgan deyishadi.Biroq Gullit bu sababni rad etdi[18].U shunday dedi:"Hayotimda bu ishdan boʻshatilishim menga eng koʻp taʼsir qildi.Men 3 oy davomida shok holatida boʻldim.Men bilan har kuni birga ishlagan odamlarning menga nisbatan bunday qilishlarini tasavvur qila olmasdim"[7].Uning oʻrniga Gullit tufayli klubga kelgan futbolchi Janluka Vialli bosh murabbiy boʻldi.

"Nyukasl Yunayted"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Ruud „Nyukasl Yunayted“ ga murabbiy sifatida keldi.Birinchi mavsumdayoq Gullit jamoani Angliya kubogi finaligacha olib chiqdi.Biroq qator yomon natijalar va klub yulduzi Alan Shirer va sardorlik bogʻichidan mahrum boʻlgan sardor Rob Li bilan mojarolardan soʻng muxlislar bosh murabbiyga nisbatan salbiy munosabatda boʻla boshladi[19]. Ruud keyingi mavsumda atigi besh tur isteʼfoga chiqdi[20].U dedi:

Toʻrt yil oldin Angliyaga yoʻl olganimda, oʻzimning shaxsiy hayotimni shu yerda topaman deb oʻyladim chunki bu Italiyada imkonsiz edi. „Chelsi“da menga xammasi yoqardi.Bu yerda xotirjamlikni xis qildim.Koʻchalarda yuraman, kinoga boraman, doʻkon aylanaman. Biroq, oʻtgan yili oʻtmishdagi dahshatli tushlar qaytib keldi.Jurnalistlar va fotomuxbirlar mening Nyukasldagi uyimning hamma joyida edilar, ular menga xotirjam yashashga xalaqit berardi. Ammo bu muammoning yarmi.Muammo shundaki, ular Niderlandiyada mening oilamni ham taqib qila boshladi.Har qanday holatda ham oilam mening kasbim tufayli azob chekmasligi kerak.Shuning uchun men shu qarorga keldim.

"Feyenoord"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005/06-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Gullit oʻzining sobiq jamoasi „Feyenoord“ni boshqardi.Biroq jamoaning mavsumi omadli oʻtmadi.Klub chempionatda 4-oʻrinni egalladi, barcha kubok musobaqalarini tark etdi.

"Los-Anjeles Galaxy"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 8-noyabrda Ruud Amerikaning „Los-Anjeles Galaxy“ jamoasi murabbiyi boʻldi.MLS uchun rekord miqdordagi 2 million dollarlik maosh bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[21].Keyingi yilning 20-avgustida u yettita gʻalabasiz uchrashuvdan soʻng isteʼfoga chiqdi[22].

"Terek"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 18-yanvarda Gullit Rossiyaning „Terek“ klubi bosh murabbiyligiga tayinlandi.Sahrtnoma esa bir yarim yilga moʻljallandi[23].Uning jamoadagi yordamchisi Ron van Nikerk[24] boʻlib, u bilan „Haarlem“da birga futbol oʻynashgan[25]. Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink Gullitga „Terek“dan tushgan taklifni qabul qilishni maslahat bergandi.14-iyunda „Terek“ Gullit bilan shartnomani bekor qildi.Chunki jamoa Gullit bilan mavsumda juda yomon natijalar koʻrsatdi.Ishdan boʻshatilgunga qadar Gullit klubning rasmiy saytida qattiq tanqid qilindi.

2017-yilning may oyida Niderlandiya terma jamoasi murabbiylik shtabiga qoʻshildi.Dik Advokatning yordamchisiga aylandi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Haarlem"

"Feyenoord"

"PSV"

"Milan"

"Sampdoriya"

"Chelsi"

Niderlandiya terma jamoasida

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Chelsi"

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullit uch marta uylangan.Birinchi xotini-Ivonne de Vries.Ular 1984-yil 30-avgustda turmush qurishgan[26].Birinchi xotinidan Gullitning 2 ta qizi bor edi-Felisiti va Charmeyn[27].Ruud ketganidan keyin u shunday dedi:

U faqat shunday dedi: „Menga yetadi.Men seni tark etaman“.Bu juda qattiq soʻzlar edi.Mening hayotimni Ruudga, uni qoʻllab-quvvatlashga va yaxshi oila yaratishga bagʻishlandim.Lekin bu yetarli emas edi.Rudi endi men bilan boʻlishni istamasligini aytdi va meni hayotidan oʻchirib tashladi.Bu borada u juda shafqatsiz edi. Charmeyn tugʻilganida juda koʻp yigʻladi, men esa bundan va tugʻruqdan keyingi depressiyadan aziyat chekdim.Biz uning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj edik, lekin Ruud bizni tashlab ketishga qaror qildi[28].

Ikkinchi xotini italiyalik model Kristina Penza edi.Ular 1994-yil 12-mayda turmush qurishdi[29]. Ularning ikkita farzandi bor edi.Oʻgʻli Kvinsi va qizi Sheyenn[27]. Ajralishdan soʻng er-xotin aliment toʻlash boʻyicha uzoq vaqt davomida sudlashishdi.

Uchinchi rafiqasi-Estel Kroyff Yoxan Kroyffning jiyani edi.Ular 2000-yil 3-iyunda turmush qurishdi[30].Qizigʻi shundaki Ruud toʻy arafasida koʻp yillardan beri birinchi marta sochini qisqartirib, yangi hayot boshlayotganini koʻrsatdi.Ularning ikki farzandi bor edi.Oʻgʻli Maksim 2001-yilda tugʻilgan.Qizi Joell 1997-yil tugʻilgan[27].Gullit va ofitsiant qiz Liza Jensen oʻrtasidagi ishqiy munosabatlardan xabar topgan Estel Ruudni tashlab ketdi[31].

Ruud futbol bilan bir vaqtda musiqa bilan ham shugʻullangan.U boʻlajak professional futbolchi boʻlsada, reggi guruxda gitara chalardi.Professional futbolchi sifatida shartnoma imzolagach boʻsh vaqtlarida musoqa chalardi.1984-yilda u reggi usulida oʻzining plastinkasini chiqardi.Ushbu plastinkadagi „Not The Dancing Kind“ musiqasi Niderlandiyada juda mashhur boʻldi va hatto mamlakat milliy hit-paradida 4-oʻrinni egalladi.Keyinchalik, Gullit futbolchining oʻziga bagʻishlangan „Captain Dread“ musiqasini „Revelation Time“ guruhining musiqachilari bilan yozishni boshladi.Qoʻshiqdagi Gullit musiqachilar bilan birga odatiy bas gitara chaldi.U shuningdek, guruhning Janubiy Afrikadagi aparteid muammosiga bagʻishlangan „South Africa“ albomini yozishda ishtirok etdi.Xuddi shu nomdagi qoʻshiq juda mashhur boʻlib,Niderlandiya xit-paradlarida 3-oʻrinni va Norvegiya xit-paradlarida 9-oʻrinni egalladi.1988-yilda Gullit Niderlandiya terma jamoasining boshqa futbolchilari qatorida sanʼatkor Andre Xezisning „Wij houden van Oranje“ qoʻshigʻini yozishda ishtirok etdi.Yevropa chempionatidagi gʻalabaga bagʻishlangan qoʻshiq milliy xit-paradda 1-oʻrinni egalladi.

Gullit TV da Sky Sports va Al-Jazeera telekanallarida sharhlovchi sifatida futbol oʻyinlarini sharhlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Soglasno prakticheskoy transkripsii, pravilnim variantom peredachi imeni yavlyaetsya Ryud Gyullit.
  2. „Placar’s 100 Craques do Século“. 31-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2011-yil.
  3. „Planète Foot’s 50 Meilleurs Joueurs du Monde“. 31-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2011-yil.
  4. „Voetbal International’s Wereldsterren“. 31-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2011-yil.
  5. 5,0 5,1 „I fought back from the brink of death but Ruud won't end our bitter (англ.)“. Sunday Mirror, 18 апреля 1999.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 ece „Большое интервью: Рууд Гуллит (англ.)“. The Sunday Times, 23 сентября 2007.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „The Big Interview: Ruud Gullit“. 20-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2011-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „Поборник «сексуального» футбола“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2010-yil.
  9. Gullit 1998, s.34
  10. 10,0 10,1 Gullit 1998, s.35
  11. Glanville 1999, s.3
  12. Glanville 1999, s.1
  13. Glanville 1999, s.4
  14. Gullit 1998, s.42
  15. Gullit 1998, s.49
  16. „Gullit's emotional South African journey (англ.)“. FIFA.com, 20 июля 2007. 18-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  17. „Поборник «сексуального» футбола“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2010-yil.
  18. „Gullit in shock over Chelsea sacking“. 12-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  19. „Lee Back from The Wilderness“. 4-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  20. „Gullit Resignation Statement“. 21-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  21. „LA Galaxy name Gullit as new boss“. 13-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  22. „Galaxy coach Gullit resigns; president/GM Lalas out“. 21-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  23. „«Терек» возглавил легендарный голландец Рууд Гуллит“. 22-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2011-yil.
  24. „Ассистентом Гуллита будет его бывший одноклубник.“. soccer.ru. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2015-yil.
  25. „Ван Никерк: «Футболистам „Терека“ следует действовать более раскрепощено».“. soccer.ru. 23-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2015-yil.
  26. Huwelijk Ruud Gullit met Yvonne de Vries
  27. 27,0 27,1 27,2 „Why are they famous: Ruud Gullit“. 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-sentabr 2017-yil.
  28. Ruud’s too conceited to cope with babies. Heʼll dump Estelle like he dumped me[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  29. Year Ruud cuts off the cash for his children
  30. Vokrug myacha[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  31. Gullit kicked out for fling with pizza girl

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]