Rutherford formulasi
Qiyofa
Rutherford formulasi – Kulon qonuni boʻyicha oʻzaro taʼsirlashuvchi zaryadlangan nuqtaviy norelyativistik zarralar sochilishining effektiv kesimini aniqlash formulasi. Ernest Rutherford 1911-yilda ifodalab bergan. Bu formulani Rutherford α-zarralarning yupqa metall plastinkalardan katta burchaklarga (9>90°) sochilishi boʻyicha oʻtkazgan tajribalari natijasini interpretatsiya qilish (izohlash) da ishlatgan. Bu tajribalar asosida Rutherford atom massasining asosiy qismi musbat zaryadlangan kichik yadroda yigʻilgan, degan xulosaga kelgan. Bu kashfiyot atom tuzilishi toʻgʻrisidagi hozirgi zamon tushunchasiga asos boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |