Kontent qismiga oʻtish

Rustov masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Rustov masjidi
Sobiq masjid, 2021-yil
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi Rustov qishlogʻi, Quba tumani
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asoschi Zeynalabdin Tagʻiyev
Binokorlik sanasi 1903-yil
Qurilish materiallari tosh, ohaktosh, g‘isht, yog‘och

Rustov masjidi – Ozarbayjonning Quba tumanidagi Rustov qishlogʻida joylashgan sobiq masjid va tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Sobiq masjid 1903-yilda Hoji Zeynalabdin Tagʻiyevning yordami bilan bunyod etilgan[1].

Sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[2].

Yodgorlik 2008-yilda taʼmirlangan[3].

Rustov qishlogʻidagi sobiq masjid 1903-yilda filantrop Hoji Zeynalabdin Tagʻiyev yordamida bunyod etilgan.

Sovet bosqini davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda tez surʼatda mamlakatda dinga qarshi rasmiy kurash boshlandi. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar ixtiyoriga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3 000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu raqam 1 700 ta, 1933-yilda esa 17 tani tashkil etdi[4].

Bosqindan keyin masjid yopilgan va binodan omborxona sifatida foydalanilgan[5].

Mustaqillikdan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon oʻz mustaqilligini tiklagach, binodan yana masjid sifatida foydalanila boshlandi. Masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi[2].

2008-yilda masjid Ozarbayjon Madaniyat va turizm vazirligining buyrugʻiga koʻra, „Azerbarpa“ Ilmiy-tadqiqot loyihalash instituti loyihasi asosida taʼmirlandi. Zinalar, ayrim joylardagi gʻisht devor, derazalar, eshiklar, deraza panjaralari, yogʻoch shift, tom qoplamasi, chordoq narvoni, suvoq qoplamalari, bezaklar, mehrobning yogʻoch pol qismi, yogʻoch devorlar va shift, derazalar va boshqa unsurlar restavratsiya qilindi. Ibodat qiluvchilar uchun sharoit yaratish maqsadida masjid hovlisida yangi qoʻshimcha bino bunyod etildi[3].

Masjidda davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy jamoa faoliyat yuritadi[6].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq masjid poydevori minbar balandligigacha daryo toshlaridan qurilgan. Devorlari daryo toshi va oʻyib ishlangan ohaktosh aralashmasidan, qolgan joylarda esa oʻchami 20 m × 20 m × 4 m (66 ft × 66 ft × 13 ft) va 27 m × 13 m × 6 m (89 ft × 43 ft × 20 ft) boʻlgan pishiq gʻishtlardan terilgan[1]. Ayollar uchun moʻljallangan 2-qavat balkon ustida joylashgan. Shimoliy devorning oʻng burchagidan boshlanadigan zina orqali ikkinchi qavat va chordoqqa chiqish mumkin. Masjid tomini koʻtarib turuvchi konstruksiyada eman yogʻochidan yasalgan toʻsinlardan foydalanilgan[7].

Masjidning janubiy peshtoqida, dumaloq deraza ostida joylashgan yozuvda masjid birinchi boʻlib Hoji Yusuf tomonidan qurilgani keltirilgan[7].

  1. 1,0 1,1 „Hacı Zeynalabdin Tağıyevin köməyi ilə inşa olunan Qubanın Rustov kənd məscidi“ (az). shimal.news (2022-yil 18-yanvar). 2022-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Quba rayonunun Rustov kəndində tarixi-memarlıq abidəsi - məscidin açılış mərasimi olmuşdur“ (az). Azerbaijan State News Agency (2009-yil 7-aprel). 2022-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  4. Yunusov, Arif. Ислам в Азербайджане. Baku: Zaman, 2004 — 78-bet. ISBN 9952-8052-0-9. 
  5. Azərbaycan Respublikası Məscidlərinin Ensiklopediyası. Baku: Beynəlxalq Əlhuda, 2001 — 120-bet. ISBN 964-8121-59-1. 
  6. „Quba rayonu, Rustov kənd məscidi“ (az). The State Committee on Religious Associations of the Republic of Azerbaijan. 2017-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  7. 7,0 7,1 Balakişiyev, İlqar. „Qubanın tarixi məscidləri“ (az). shahdagpeoples.az. 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.

Vikiomborda Rustov kənd məscidi mavzusiga oid fayllar bor