Rustambek Samigʻovich Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rustambek Samigʻovich Abdullayev (1947.13.12, Toshkent) – musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1997), professor (2001). Samigʻ Abdumayevsh oʻgʻli. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda pedagog (1969 yildan). Sanʼatshunoslik institutida ilmiy xodim (1975 yildan), boʻlim mudiri (1993 yildan), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti prorektori (1985–87), "Boysun bahori" ochiq folklor festivali direktori (2002). Ilmiy ishlari katta ashula, oʻzbek va Oʻrta Osiyo xalklari musiqa folklori, zamonaviy musiqa madaniyati masalalariga bagʻishlangan ("Markaziy Osiyo marosim musiqasi", T., 1994, rus tilida; "Boysun musiqa madaniyati", T., 2005 va boshqalar). "Oʻzbek musiqasi tarixi xrestomatiyasi" (T.Solomonova bilan birgalikda, M., 1981, 1983, rus va oʻzbek tillarida) kabi oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.